Xalmurzaeva Nadira Tashmurzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yapon ish diskursida hurmat kommunikativ kategoriyasi (pragmalingvistik aspekti)», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil206.
Ilmiy rahbar: Xudayberganova Zilola Narbaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; G‘ofurova Xakima Shavkatovna, filologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Sukuba universiteti (Yaponiya), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yapon ish diskursida qo‘llanadigan o‘ziga xos xususiyatlar va muloqot strategiyasini hisobga olgan holda hurmatning eksplisit va implisit shakllarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yapon ish diskursida eksplisit nutqiy muloqotning stereotiplari hamda implisit kommunikativ strategiyalarning ijobiy va salbiy turlari ishlab chiqilgan;
yapon ishbilarmon doiralarining muloqotida implisit hurmatning o‘ziga xos kommunikativ aktni yumshatish yoki undan qochish, hurmatni bilvosita ifodalash, semantik impozisiyani kamaytirish, impersonalizatsiya kabi salbiy strategiyalarni keng qo‘llanishi asoslangan;
eksplisit hurmat shakli va darajalarining rasmiy ish diskurslarida reallashuvi dalillangan;
yapon tilshunosligida ish diskursi tushunchasi kiritilgan hamda yapon biznes muloqotida kommunikativ etiketning tipologiyasi asoslab berilgan;
yapon ish diskursida hurmatning sintaktik vositalari undalma, kiritma va turg‘un konstruksiyalar orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yapon ish diskursidagi hurmat kommunikativ kategoriyasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ota, ona, opa, aka kabi leksemalar va neytral hurmat shaklidagi fe’llar bilan bog‘liq natijalar «5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish» ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan «Asosiy o‘rganilayotgan til (Yapon tili)» o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (ro‘yxat raqami №173-0017). Olingan natijalartalabalarning hurmat kategoriyasiga oid bilimlarini o‘stirishga hamda hurmatning leksik, morfologik shakllarini o‘qitishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
yapon tilidagi hurmatning o‘zgarishi va qo‘llanilishiga ta’sir etadigan sotsiolingvistik omillar to‘g‘risidagi natijalardan OT-F1-71 raqamli «Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat» mavzuidagi fundamental loyhada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 14 noyabrdagi FTA-02-11/1081- son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq davlatlarining etnolingvistik vaziyatini yoritishda manba vazifasini o‘tagan;
Davlat ta’lim standartining uzluksiz tizimi asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi» to‘g‘risidagi 2013 yil 31 dekabrdagi 352-sonli qaroriga muvofiq yapon tili V2 bosqichi talablariga mos ravishda talabgorlar darajasini aniqlash uchun Yapon tilini bilish va egallash darajasini baholash va aniqlash uchun test topshiriqlarida foydalanilgan (Davlat test markazining 2017 yil 14 noyabrdagi 202-son ma’lumotnomasi). Tinglash, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq bosqichlarida yapon tilidagi test topshiriqlarini tuzishda manba bo‘lib xizmat qilgan.