Qo‘ziev Umidjon Yandashalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlar», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil191.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Siddiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: ishning asosiy maqsadi o‘zbek tilining izohli lug‘atlaridagi o‘zlashma so‘zlarni semantik asosda tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri o‘zbek lug‘atchiligidagi an’anaviylik va novatorlik xususiyatlari aniqlangan;
izohli lug‘atlardagi o‘zlashma so‘zlarning asliyat bilan semik muvofiqligi yoritilgan;
ikki jildli va besh jildli izohli lug‘atlardagi o‘zlashma so‘zlarga xos semantik o‘zgarishlar aniqlangan;
o‘zlashma so‘zlarning ikki va besh jildli izohli lug‘atlarda talqin qilinishidagi ilmiy xolislik, semantik to‘liqlik kabi farqli jihatlar va ularning sabablari yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili izohli lug‘atlaridagi o‘zlashma so‘zlarni tadqiq etish asosida:
o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida fizika faniga oid o‘zlashma so‘zlar va terminlar, ularning semantik jihatdan to‘g‘ri tavsiflanishiga oid nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalari va ilmiy xulosalaridan 2F-OT-0-15494 raqamli “Kvant nuqtali getero- va nanotuzilmalardagi eksitonlarni, polyaronlarni, bipolyaronlarni va ko‘chish hodisalarini tadqiq etish asosida nurlagichlar, fotoelementlar va boshqa turdagi optoelektron asboblarning samaradorligini yaxshilash” nomli fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 89-03-805-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zlashma terminlardan to‘g‘ri foydalanish, zaruriy o‘rinlarda o‘zbekcha muqobillariga almashtirish sifati sezilarli darajada yaxshilangan.
dissertasiyaning o‘zbek tili izohli lug‘atlarida texnikaga oid o‘zlashma so‘zlar va terminlar, ularning semantik jihatdan to‘g‘ri tavsiflanishiga oid tavsiyalaridan IOT-2016-2-9 raqamli “Jin mashinasida xomashyo valigining zichligini rostlovchi va elektr energiya tejovchi moslamalar yaratib ishlab chiqarishga joriy etish” nomli innovasion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 89-03-805-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zlashma so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish, zaruriy o‘rinlarda o‘zbekcha muqobillariga almashtirib qo‘llashda amaliy yordam bergan. Shuningdek, loyiha hisobotlari uslubi qaytadan ko‘rib chiqilgan, ommabopligi ortgan, sohaga oid o‘zbekcha terminlar sifat jihatdan ma’lum darajada yangilangan;
ayrim arabcha va forscha o‘zlashmalarning lingvokul`turologik xususiyatlariga doir materiallardan A-1-61 raqamli «Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish» mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasidagi audioma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 89-03-805-son ma’lumotnomasi). Loyihada tadqiqot natijalari o‘zlashmalarning madaniy-milliy ko‘chimlari va “mentalitetning xarakterli jihatlari” namoyon bo‘lishini tavsiflashda ijobiy samara bergan.