Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shafri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inglizcha matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish dasturining lingvistik ta’minoti (sodda gaplar misolida)», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Fil220.
Ilmiy rahbar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti DSc.27. 06.2017. Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Suyun Karimov Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdumurod Mamatov Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inglizcha sodda gaplarni o‘zbek tiliga tarjima qilish dasturining lingvistik ta’minotini yaratishga doir nazariyalarni tahlil qilish valingvistik asoslarini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashina tarjimasining lingvistik ta’minotini yaratish bo‘yicha tarjima aniqligini ta’minlovchi xulosalar chiqarilgan;
ikki tilning morfologik va sintaktik modellari, ingliz va o‘zbek tillariga oid affikslar, morfologik lug‘at, fe’lli frazemalarning lingvistik ta’minoti yaratilgan;
matnlarni avtomatik tarjima qilishda inglizcha sodda gap modellarining o‘zaro muvofiqligi aniqlangan;
mashina tarjimasi uchun matnlarni morfologik, sintaktik-semantik tahlil qilish tamoyillari asoslangan;
elektron lug‘at hamda dasturiy ta’minot uchun lingvistik ta’minot yaratish tamoyillari bo‘yicha paradigmatik munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqotning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:
ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish dasturining lingvistik ta’minoti uchun yaratilgan inglizcha-o‘zbekcha fe’lli frazemalarning lingvistik ta’minoti, inglizcha fe’lli frazemalardagi ilmiy terminlardan F–4–02 raqamli «Differensial operatorlarning spektral nazariyasi asosida matematik fizika va optimal boshqaruv masalalarini echishning yangi usullarini ishlab chiqish» fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 7 dekabr` 02-11/1279-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaga doir xorijiy tadqiqotlar o‘rganilgan, nazariy adabiyotlar bilan boyitilgan, loyiha natijalariga doir tadqiqotlar ilmiy maqolalar sifatida chop ettirilgan;
dissertatsiyada erishilgan natijalar, jumladan, inglizcha-o‘zbekcha tarjima lug‘atining hamda fe’lli frazemalarning lingvistik ta’minotidan F-4-64 raqamli «Berilganlarni intellektual tahlilida ob’ektlarini umumlashgan baholarini va individual metrikalarini hisoblash usullarini yaratish va asoslash» fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 7 dekabr` 02-11/1279-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy natijalar sifatida ingliz tilidagi maqolalar xorijiy davlatlarda chop ettirilgan, loyihaga doir xorijiy adabiyotlar singdirilgan, ilmiy terminlardan foydalanish natijasida loyihaning ilmiy natijaviyligi oshgan;
tadqiqot natijalari asosida yaratilgan “Inglizcha-o‘zbekcha fe’lli frazemalar lug‘ati”da ingliz tilidagi barcha uslublarda keng qo‘llanuvchi fe’lli frazemalarning o‘ng ikki mingdan ziyodi hamda ularning asosiy fe’llari jamlanib, o‘zbekcha muqobillari aniqlangan. Natijada ularning ma’lumotlar ba’zasi yaratilib, mashina tarjimasi uchun ularning lisoniy modellari aniqlangan, o‘zbekcha tarjimasida sinonim va omonimlarning ma’nolari lingvistik ta’minotda o‘z ifodasini topgan.