- Asosiy sahifa
- Молодежная политика
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 4 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 61-sonli bayonining 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi loyihasi ishlab chiqilib, OAK Rayosatining 2022 yil 30 sentyabrdagi 325/9.2-son qarori bidan tasdiqlandi.
Dasturning maqsadi – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi bo‘yicha tashkilot faoliyatiga eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda OTM bitiruvchilarini faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. -
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Biologiya fanlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari” mavzuida tadbir tashkil etildi.
Mamlakatimizda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni biologiyaning turli sohalarida qo‘llash orqali yuqori samarali biotexnologik tadqiqotlarni jahon talablari asosida rivojlantirish hamda olingan ilmiy natijalarni qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmatsevtika, atrof-muhit muhofazasi va shu kabilarga tatbiq etish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
-
Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Farmatsevtika fanlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.
Ma’lumki, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini jahon talablari asosida rivojlantirish barobarida ushbu jarayonda yuqori sifatli, bezarar dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
-
Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish davrida ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ham mamlakat mafkurasining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, tarixiy xotirani tiklash, o‘zlikni anglash hamda huquqiy madaniyatimizni yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Mamadalievning ma’lum qilishicha, 2020 yilda ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi orqali sezilarli darajada ilmiy natijalar qo‘lga kiritilgan.
Xususan, tarix fanlari yo‘nalishida 10 nafar talabgor fan doktori (DSc), 62 nafar talabgor falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarida tasdiqlandi.
-
Yosh avlodni vatanga sadoqat va fidoyilik ruhida kamol toptirgan elning kelajagi yuksak bo‘lishi, shubhasiz. Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati ana shunday mezonga asoslangan desak, xato qilmaymiz. Zero, so‘nggi yillarda yurtimiz yoshlarini barkamol qilib tarbiyalash, ular uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingani, 30 iyun` – “Yoshlar kuni” deb belgilangani, turli sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medalining ta’sis etilgani yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering