O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq OAKga doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan ilmiy nashrlar, shu jumladan, elektron ilmiy-texnik jurnallar ro‘yxatini belgilash yuklatilgan.
Ushbu Ro‘yxat oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan o‘tkazish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va ularning samarasini oshirishga xizmat qiladi.