Absalyamova Gulnoza Mamatkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bis-naftoksi karbamatlar hosilalari sintezi va ularning kimyoviy o‘zgarishlari», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K360.
Ilmiy rahbar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Isaboev Muzaffar Djumaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Xoliqov Tursunali Suyunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bis-naftoksi karbamatlarni yangi hosilalari sintezini va kimyoviy o‘zgarishlarini amalga oshirish, ularning fizik-kimyoviy xossalari hamda biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor geksametilendiizotsianat, tetrametilendiizotsianatlar bilan naftol-1, naftol-2, α-fenil-azo-naftollar reaksiyasi asosida bis-karbamatlarni yangi hosilalari olingan;
reaksiyani olib borishning muqobil sharoitlari, naftol va α-fenil-azonaftollarni nukleofil birikish reaksiyasi qonuniyatlari yaratilgan;
bis-karbamatlarni NaNO2, CH3ONa, CH3I, (C6H5-CH2I, (CH3)2CH-I) va Ca(OCl)2 lar bilan reaksiyasida, N-H guruhidagi «N» faol bo‘lganligi uchun oson va yuqori unum bilan chiqishi aniqlangan;
bis-[(naftoksi)-karbamatlar] hosilalaridan N,N1-geksametilen bis-[(naftoksi-1)-karbamat]ni biologik faollikga ega ekanligi aniqlangan:
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bis-karbamatlar va ularni hosilalarining samarali sintez usullari va modifikatsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan N,N1-geksametilen-bis-[(naftoksi-1)-karbamat] Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani, Oqdaryo tumani, Kattaqo‘rg‘on tumanlari fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi g‘o‘za maydonida ekiladigan urug‘lik chigitiga biostimulyator sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi 02/025-3934-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za hosildorligini oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan N,N1-geksametilen-bis-[(naftoksi-1 va -2)-karbamat]lari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda ingibidlar sifatida joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 15 yanvardagi 02-06-07/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall qurilmalari, asbob uskunalari hamda po‘lat konstruksiyalar biokorroziyasini kamaytirish va himoya darajasini oshirish imkonini bergan.