Eshmatov Sanjar Azimkulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy brendni shakllantirishning marketing strategiyasi (Sut va sut mahsulotlari misolida)”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt755.
Ilmiy rahbar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Ilyos Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sut va sut mahsulotlarining mahalliy brendini shakllantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy brending strategiyasini shakllantirishda sut va sut mahsulotlarining iste’molchilar o‘rtasidagi taniqlilik darajasi hamda korxonani bozordagi faoliyat ko‘rsatish muddatining minimal chegaralari belgilangan;
mijozlarning brenddan qoniqishini o‘lchashning indeksli usuli brendni tashkil etuvchi imij hamda brend identifikatsiyasi omillari asosida takomillashtirilgan;
sut va sut mahsulotlari bozorida mahalliy korxonalarning brend qiymatini yaratish strategiyasini ishlab chiqish jarayoni marketing miks va korporativ imij prinsiplari asosida takomillashtirilgan;
sut va sut mahsulotlari bozorida mahalliy brendlarni shakllantirish strategiyasi iste’molchilarga yo‘naltirilgan moyillik ko‘rsatkichlarini e’tiborga olish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy brendni shakllantirishning marketing strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy brending strategiyasini shakllantirishda sut va sut mahsulotlarining iste’molchilar o‘rtasidagi taniqlilik darajasi hamda korxonani bozordagi faoliyat ko‘rsatish muddatining minimal chegaralarini belgilash bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibidagi «Bio Natural Food» MChJning «Dobroe derevenskoe utro»/«Mehribon qishloq tongi» brendini shakllantirishda qo‘llanilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2020 yil 25 iyundagi BI/11-1-833-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Dobroe derevenskoe utro»/«Mehribon qishloq tongi» brendining bozordagi ulushi 1,2 foizga, mahsulotning sotish xajmi 1,4 foizga oshgan;
mijozlarning brenddan qoniqishini o‘lchashning indeksli usulini brendni tashkil etuvchi imij hamda brend identifikatsiyasi omillari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2020 yil 25 iyundagi BI/11-1-833-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida «Bio Natural Food» MChJning «Dobroe derevenskoe utro»/«Mehribon qishloq tongi», «Favorit milk FOOD» MChJning «Favorit milk», «Boi sut» qo‘shma korxonasining «Boi sut» brendlarining marketing strategiyalari ishlab chiqilgan;
sut va sut mahsulotlari bozorida mahalliy korxonalarning brend qiymatini yaratish strategiyasini ishlab chiqish jarayonini marketing miks va korporativ imij prinsiplari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan ilmiy yangilik «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2020 yil 25 iyundagi BI/11-1-833-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida «Dobroe derevenskoe utro»/«Mehribon qishloq tongi», «Alsafi» brendlari bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sotish xajmi 2,1 foizga, doimiy iste’molchilar soni esa 3 martaga oshgan;
sut va sut mahsulotlari bozorida mahalliy brendlarni shakllantirish strategiyasini iste’molchilarga yo‘naltirilgan moyillik ko‘rsatkichlarini e’tiborga olish asosida ishlab chiqilgan ilmiy yangilik «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining Marketing va oziq-ovqat tovarlarini eksportini tashkil qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining 2020 yil 25 iyundagi BI/11-1-833-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibidagi sut mahsulotlarini qayta ishlovchi «Bio Natural Food» ma’suliyati cheklangan jamiyatida iste’molchilarning moyillik dasturin ishlab chiqilgan.