Tadjibaev Azizbek Batirovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida grafik ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik texnologiyalari (aniq va tabiiy fanlar integratsiyasi misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped321.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abduraxmonov Sherzod, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi grafik ta’lim samaradorligini oshirishda aniq va tabiiy fanlar integratsiyasiga asoslangan yagona grafikaviy tartibni ta’minlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabda o‘quv fanlari mazmunidagi grafik materiallarni bosqichma-bosqich integratsiyalash asosida (aniq va tabiiy fanlarni fanlararo aloqadorlikning didaktik imkoniyatlaridan foydalanib o‘qitish, pedagogik talablarni aniqlash) grafik ta’lim mazmunining variativ va invariativ komponentlari takomillashtirilgan;
grafik ta’lim samaradorligini oshirishda aniq va tabiiy fanlar aloqadorligining didaktik imkoniyatlari (tamoyillari, o‘quv materiallarini tanlash mezonlari) yagona grafikaviy tartibni ta’minlash strukturasini aniqlashtirish, fanlararo aloqadorlikni ta’minlashning hamkorlikdagi integrativ faoliyat doirasini vertikal kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
aniq va tabiiy fanlar mazmunidagi grafik materiallarni klassifikatsiyalash (tavsifi, tasnifi, o‘ziga xosliklari) usullari sub’ektlar faolligini oshirish darajasiga (o‘quvchi hamda aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining grafik bilimlarini aniqlash mezonlari) barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida grafik ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik mexanizmlari (didaktik talablari, tizimi, shart-sharoitlari) chizma-tasviriy modellarni qo‘llashning adaptiv variantlari optimal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida aniq va tabiiy fanlar integratsiyasiga asoslangan yagona grafikaviy tartibni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
maktabda o‘quv fanlarini integratsiyalash, aniq va tabiiy fanlarni fanlararo aloqadorlikning didaktik imkoniyatlaridan foydalanib, belgilangan pedagogik talablarga asoslanib o‘qitish orqali yagona grafikaviy tartibni ta’minlash vositasida grafik ta’limning mazmuni va undan foydalanishga doir takliflardan YuNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikdagi 2019 yil 10 dekabrdagi № 01/11-01/01-2556 (RTM) va № 591 (YuNISEF) raqami bilan ro‘yxatga olingan “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish” loyihasi doirasida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 5 avgustdagi 01/11-02/2-808-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning chizmachilik bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, grafik tasvirlardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish imkoniyati kengaytirgan;
grafik ta’lim samaradorligini oshirishda yagona grafikaviy tartibning ta’limiy imkoniyatlarini aniqlash va uning tuzilmasini ishlab chiqish hamda 8–9-sinflarda o‘qitiladigan geometriya, algebra, fizika, kimyo, informatika, geografiya va texnologiya o‘quv fanlarida qo‘llaniladigan grafik tasvirlarning turlari va salmog‘ini aniqlashga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi raisligida “Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun 2019–2020-o‘quv yilida chop etilishi rejalashtirilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlanishi” bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni ilovasi bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxat asosida 8–9-sinflar geometriya, algebra, fizika, kimyo, informatika, geografiya va texnologiya fanlaridan darsliklarni nashr etishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 5 avgustdagi 01/11-02/2-808-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar grafik ta’lim mazmunini takomillashtirish hamda fanlararo bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
aniq va tabiiy fanlar mazmunidagi grafik materiallarning mazmuni va turlariga ko‘ra klassifikatsiyalash, grafik materiallardan aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda foydalanishga oid tavsiyalar FE1-OT-O-17057-raqamli “8- va 9-sinflar uchun chizmachilik fanidan animatsion ishlanmalarni ishlab chiqish vositasida grafik ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” mavzusidagi loyihaning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3482-son ma’lumotnomasi). Natijada, grafik materiallardan aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda foydalanishning samaradorligini oshirishga erishilgan;
aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining grafik bilimlarini aniqlash mezonlarini hamda pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ITD–1–14raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda uzviylikni ta’minlash modeli va uning didaktik ta’minoti” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3482-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar, grafik materiallardan integrativ tarzda foydalanish jarayoni takomillashtirgan.