Narkabilova Gulnoza Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped275.
Ilmiy rahbar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nishonov Maxmud Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi darsdan tashqari vaqtlarda talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik tuzilmasi (mohiyati, komponentlari, vazifalari) pedagogik kommunikatsiyaning shaxslararo munosabatlar madaniyatiga tizimli ta’sir ko‘rsatish darajasini ekspert-matrisaviy ko‘rinishda toifaviy baholash orqali aniqlashtirilgan;
talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari muloqotchanlik fazilatining milliy tarbiya bilan uyg‘un jihatlarini hisobga olish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi bilan qayta aloqasi ta’sirchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik mexanizmning optimalligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning texnologik bosqichlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir, refleksiv) jarayonli-protsessual komponentni shakllantiruvchi, intellektual-ifodaviy, ijtimoiy-kommunikativ, o‘zini-o‘zi baholash mezonlari samaradorligini ijtimoiy-pedagogik xususiyatlariga yo‘naltiruvchi ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
auditoriyadan tashqari vaqtlarda talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishning adaptatsion tizimi verbal va noverbal muloqot shakllarining integratsiyalash imkonini beruvchi “Pedagogik ritorika” maxsus kursining didaktik ta’minotini interfaol ta’lim talablari bilan identivlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy zaruriyat ekanligini milliy, ijtimoiy, megaomillarning shaxslarro munosabatlar sohasiga tizimli ta’sir ko‘rsatish darajasini empirik baholash orqali asoslashga doir taklif va tavsiyalardan BYoA 1- 012 “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni chet tili bo‘yicha ekologik madaniyatini faollashtirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish” (2017-2018 yillar) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1639-son ma’lumotnomasi). Natijada, muloqot madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarning kommunikativ ta’sir darajasini kengaytirishga erishilgan;
talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini muloqotga kirishuvchanlik motivining yosh, gender va akmeologik jihatlarini kommunikativ paradigma bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash orqali aniqlashtirish, talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirish texnologik bosqichlarini shakllantiruvchi, intellektual-ifodaviy, ijtimoiy-kommunikativ, o‘zini-o‘zi baholash mezonlari bilan qayta aloqasini hisobga olish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Muloqot madaniyati izohli lug‘ati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1639-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirish texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
verbal va noverbal muloqot shakllarining integratsiyasini ta’minlash, “Pedagogik ritorika” maxsus kursining didaktik ta’minotini takomillashtirish asosida talaba-yoshlarda muloqot madaniyatini shakllantirishga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalardan ITD-1-11. “Umumta’lim maktabi o‘quvchilarini kognitiv-ijodiy qobiliyatlarini ilmiy-pedagogik asosda rivojlantirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni XXI asr talablariga tayyorlash shakli sifatida” (2009-2011 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1639-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar talaba-yoshlarning verbal va noverbal muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.