Sayt test rejimida ishlamoqda

Rajabov To‘lqin Tilakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda “Buxoro-102” g‘o‘za navini etishtirish agrotexnologiyasi samaradorligini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.02–«Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx364.
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar Norkulov Usmankul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shadmanov Djamaliddin Kazakjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan, taqirsimon tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “Buxoro-102” navini tuproq namligi cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 70-70-60 % saqlangan holda sug‘orishni amalga oshirib, turli darajada (sho‘rlanmagan, kuchsiz va o‘rtacha) sho‘rlangan tuproqlar sharoitida ma’dan o‘g‘itlar qo‘llash agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan, turli darajada (sho‘rlanmagan, kuchsiz va o‘rtacha) sho‘rlangan taqirsimon tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini ChDNSga nisbatan 70-70-60% tartiblarda sug‘orib, ma’dan o‘g‘itlar azot-220 kg/ga, fosfor-160 kg/ga va kaliy-100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganda tuproqning agrofizikaviy, suv-fizik va agrokimyoviy xossalariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
turli darajada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida ma’dan o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda g‘o‘zani sug‘orish muddati, me’yori va suv iste’moli hamda dalaning suv muvozanati ishlab chiqilgan;
turli darajada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida g‘o‘za navini etishtirishda o‘simlik tarkibidagi NPK miqdorlari asosida ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari ishlab chiqilgan;
g‘o‘za navini turli darajada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari bilan oziqlantirishning o‘simlik o‘sish-rivojlanishi, hosil to‘plashi hamda paxta hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
g‘o‘za navini turli darajada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari bilan oziqlantirishning paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlari va iqtisodiy samaradorligiga ta’siri aniqlangan va ishlab chiqarishga tavsiya berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini turli darajada sho‘rlangan erlarda ma’dan o‘g‘itlar me’yorini tabaqalashtirib oziqlantirishni joriy qilish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda “Buxoro-102” g‘o‘za navini etishtirish agrotexnologiyasi samaradorligini ishlab chikish (Qashkadaryo viloyati misolida)” bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 02/020-2456-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zani turli darajada sho‘rlangan tuproqlarida ma’dan o‘g‘itlar me’yorini qo‘llashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navini parvarishlashda sho‘rlanmagan dalaga 1000 m3/ga suv me’yori bilan suv berish, kuchsiz sho‘rlangan dalada 3000 m3/ga suv bilan 1 marta, o‘rta sho‘rlangan dalada 4130 m3/ga suv bilan 2 marta sho‘ri yuvilib, tuproq namligi cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 70-70-60% tartibda sug‘orish agrotadbirlari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 02/020-2456-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning Buxoro-102 navidan barcha sho‘rlanish darajalarida yuqori hosil olishga hamda sug‘orish suvlarini tejashga erishilgan;
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-102 navidan yuqori va sifatli paxta hosili olish uchun sho‘rlangan tuproqlarni maqbul sho‘r yuvish me’yorlarda va muddatlarda o‘tkazish agrotadbirlari Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi “Sunnatov Shaxriyor”, “Kurbonov Ilxom Ismatillaevich” fermer xo‘jaliklarida 150 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 02/020-2456-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ma’dan o‘g‘itlar miqdori tejalgan, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi oshgan, rentabellik darajasi 15–20 foizni tashkil etgan va gektaridan 2,5 sentnergacha qo‘shimcha paxta hosil olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish