Sayt test rejimida ishlamoqda

Soliev A’zamjon Bahodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Turli biologik manbalardan olingan farmakologik faol moddalarning strukturaviy funksional tadqiqotlari va ularni aniqlashning samarador uslublarini yaratish», 03.00.14 – Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/B46.
Ilmiy maslahatchi: [Adilova Azodaxon Teshaboevna], biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori; Muxamedov Rustam Sultonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bakterial shtammning 16S ribosomal RNK genomini ajratib olish, uni fenotipik, genotipik belgilarini va turli biologik manbaalardan olingan farmakologik faol moddalarning kimyoviy strukturasini asoslash, ularning biologik faolliklarini aniqlash hamda ushbu moddalarni aniqlashning samarador usullarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor maxsus tuzilgan praymerlar asosida qizil rangli pigment produsirlovchi bakteriyaning shtammini aniqlash uchun bakterial genom 16S ribosomal RNK hududi ajratib olingan va uning nukleotid ketma-ketligi o‘rnatilgan;
ilk bor 16S ribosomal RNK gomologik ketma-ketligi GenBank ma’lumotlar bazasida BLAST usulida tekshirilib, bakteriyaning Pseudoalteromonas bakteriya oilasiga mansub shtamm ekanligi aniqlangan;
ilk bor yuqori samarador suyuqlik xromatografiyasi usulida 1020R bakteriya qizil rangli pigmentining tarkibi 7 xil farmakologik faollikka ega birikmalardan iborat ekanligi aniqlangan;
ilk bor qizil rangli pigment tarkibidagi moddalarning kimyoviy strukturalari YaMR va mass-spektrometrik usullarni qo‘llagan holda aniqlanib, ular 2-metil-3-pentilprodigininning gomologik hosilalari ekanligi isbotlangan;
Pseudoalteromonas 1020R va 520R1 dengiz bakteriyalari rangli metabolitlari U937, HL60 va K562 leykoz hujayralariga qarshi sitotoksik ta’sirga ega ekanliklari aniqlangan;
pigmentlarning U937 leykemiya hujayralaridagi apoptotik markyorlarga ko‘rsatgan sitotoksik ta’sirini baholash orqali ularni apoptotik jarayonlarni induksiyalashi isbotlangan;
in vitro tizimida Pseudoalteromonas 1020R va 520R1 shtammlar pigmentlari hujayra ichki signal transduksiyasida ishtirok etuvchi bir qator proteinkinaza va proteinfosfatazalar faolligiga ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
pigmentlarning apoptotik mexanizmlari ularning hujayra genom DNK sini fragmentatsiyalashi natijasida kelib chiqishi isbotlangan;
pigmentlarning apoptotik mexanizmlari ularning proteolitik fermentlar hisoblangan kaspazalar faoliyatini faollashtirishi hisobiga ham sodir bo‘lishi mumkinligi aniqlangan;
qizil pigment individual birikmalari biologik faolliklari ular strukturasidagi yon alkil guruhi zanjirining uzunligiga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli biologik manbalardan olingan farmakologik faol moddalarning strukturaviy funksional tadqiqotlari va ularni aniqlashning samarador usullarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ajratib olingan 1020R bakterial shtammi Yaponiyaning texnologiya va baholash milliy institutining biologik resurslar markazi (http://www.nbrc.nite.go.jp/NBRC2/NBRCCatalogueDetailServlet?ID=NBRC&CAT=00107707&lang=jp) elektron bazasida ro‘yhatga olingan (NBRC, №107707). Natijada, dunyo olimlari, tadqiqotchilar va magistrantlarga ushbu bakteriya shtammidan ilmiy ishlar olib borishda foydalanish imkonini bergan;
Pseudoalteromonas bakteriya oilasiga mansub shtammlar ikkilamchi metabolitlari bo‘yicha natijalar dunyo tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ishlarda foydalanilgan bo‘lib, jami 165 dan ortiq horijiy impakt faktori yuqori jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda bakteriyalardan ajratib olingan birlamchi va ikkilamchi metabolitlarni kimyoviy va miqdoriy jihatdan tavsiflash, shuningdek antioksidant, sitotoksik, mikrob va zamburug‘larga qarshi antibiotik faolliklarini aniqlashda foydalanilgan (Frontiers in Microbiology, 2017; 8: 1113, PubMed, IF-4.076; Applied Microbiology and Biotechnology, 2014, 98(9):3841-58, RG, IF- 3.42; Natural Product Reports 31(2):160-258, PubMed, IF-11.014 va h). Natijada, Pseudoalteromonas oilasi bakteriyalarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;
jen`shen ikkilamchi metabolitlari – ginsenozidlarni tadqiq qilish natijalaridan jami 69 dan ortiq horijiy impakt faktori yuqori jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda hamda dissertatsiya ishida LC-MS yordamida ginsenozidlarni identifikatsiya qilishda foydalanilgan (Natural Product Reports, 2011, 28(3):467-97, RG, IF-11.014; Analytica Chimica Acta, 2011, 692(1-2):1-25, RG, IF-4.513; Annual Review of Analytical Chemistry, 2010; 3:129-50, PubMed, IF-8.833). Natijada, Ginseng turkum o‘simliklarining ginsenozidlari tarkibi hamda ularni tez va samarador usulda aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar olish imkonini bergan;
Ginseng oilasi turlaridan metabolitlarini ajratish va ularni tez va samarador tahlil qilish usuli M/UZB-KNR 09/2016 “Glisirrizin kislotasi va uning hosilalarining supramolekulyar komplekslari strukturaviy xususiyatlarini o‘rganish” mavzusidagi amaliy loyihasida glisirrizin va uning hosilalarini kimyoviy identifikatsiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 12 oktyabrdagi 4/1255-2699-son ma’lumotnomasi). Natijada, shirinmiya o‘simligidan olinadigan glisirrizin va uning hosilalarini yuqori bosimli samarador suyuqlik xromatografiyasi yordamida aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish