Sayt test rejimida ishlamoqda

Sultanova Go‘zalxon Saidabbasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashda pedagogik tashxis metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy fanlar) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped512.
Ilmiy rahbar: Magrupov Abdulla Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.M. Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: I.M. Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T/Ped.99.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Farxod Mahkamovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashda pedagogik tashxis metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashda pedagogik tashxis metodikasi individual va differensiatsiyalangan ta’lim texnologiyalarining (ijodiy, hissiy-rag‘batlovchi, variativ ta’limiy vazifalar) integral xususiyatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash texnologiyasi «Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida tashxisning amaliy asoslari» maxsus kursini joriy qilish yo‘li bilan takomillashtirilgan;  
neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislarni samarali tayyorlash komponentlari bosqichli va maqsadli diagnostik yondashuv, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida o‘qitish vositalari, metodlari va shakllari asosida aniqlangan; 
talabalarning neft` va gaz konlaridagi ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilishda raqamli texnologiyalarga ustuvor ahamiyat qaratilgan holda metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Tadqiqotning amaliy natijalari:
respublika neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash holati tahlil qilingan, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida OTM bitiruvchilari uchun zarur diagnostik, tadqiqotchilik va boshqaruv kompetensiyalari aniqlangan; 
neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashda pedagogik tashxis metodikasi takomillashtirilgan;
«Andijonneftgaz» AJ tasarrufidagi «Raqamli kon» tajriba loyihasini amalga oshirayotgan neft` va gaz konlarida talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
«Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida tashxisning amaliy asoslari» maxsus kursi dasturi va o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan va joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashda pedagogik tashxis metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
takomillashtirilgan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashda pedagogik tashxis metodikasidan  «O‘zbekiston Respublikasi neft`-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi № 89-03-2091-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar 21.03.01 - «Neft`-gaz ishi» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlashga malakaviy talablar va o‘quv dasturlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining «Raqamli kon» tajriba loyihasini amalga oshirayotgan korxonalarida talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar «O‘zbekiston Respublikasi neft`-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi» mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi  89-03-2091-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar 21.03.01 - «Neft`-gaz ishi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning  «Andijonneftgaz» AJ tasarrufidagi «Raqamli kon» tajriba loyihasini amalga oshirayotgan «Andijon» va «Xudjaobod-Bo‘ston» konlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalaridan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi»ni joriy qilish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi  89-03-2091-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur  texnologiya komponentlari respublika OTM larida neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirishga xizmat qilgan;  
ishlab chiqilgan «Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida tashxisning amaliy asoslari» maxsus kursi dasturi va o‘quv-metodik ta’minoti respublika OTMlari 21.03.01 - «Neft`-gaz ishi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talaba-bakalavrlar va mutaxassislar uchun fakul`tativ kurs shaklida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyundagi  89-03-2091-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar neft`-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash jarayoni, o‘quv-metodik ta’minoti, o‘quv dasturlari va bakalavriat va magistratura bitiruvchilariga malakaviy talablarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish