Sayt test rejimida ishlamoqda

ZIYADULLAEV Shuxrat Xudayberdievich:  «O‘smirlarda bronxial astmani davolash optimizatsiyasiga immunologik va genetik yondashish» (14.00.36) – O‘zR FA Immunologiya instituti (100060, Toshkent, akad. Ya. G‘ulomov ko‘ch., 74. Tel/faks: 233-08-55; immunology.uz), (dissertatsiya rus tilida)

Ilmiy  maslahatchi: N.M. Xaitova

Ish bajarilgan tashkilotlar: O‘zR FA Immunologiya instituti, Samarqand

davlat tibbiyot instituti

Rasmiy opponentlar: A.A. Nazarov, S.A.Ubaydullaev, S.N. Babaxodjaev

Etakchi tashkilot: Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi «Immunologiya

instituti» Davlat ilmiy markazi, Moskva

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy  ahamiyatga  molik

 

I. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda bronxial astma (BA) patogenezi immmunologik va genetik mexanizmlarini o‘rganish va shu asosda ratsional tashxislash va davolash-profilaktika choralarining rejasini ishlab chiqishdan iborat.

II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

BA bilan kasallangan o‘smirlarda kasallik klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan; 

ilk marotaba BA bilan kasallangan va sog‘lom o‘smirlarda immun tizim miqdoriy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi tavsiflangan va amaliy tibbiyot uchun me’yoriy hamda tavsiyaviy hujjatlar ishlab chiqilgan;

ilk marotaba BA bilan kasallangan o‘smirlarda qon zardobining tsitokin profili kompleks baholangan. Immunoregulyator IL-6 va INF-γ tsitokinlari mahsulining o‘ziga xosligi va ularning patogenetik hamda boshqaruvchiligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangan;

ilk bor BAning turli patogenetik variantlari bilan kasallanganlar va sog‘lom individlarda FcεRIβ, GSTπ1 genlarining polimorf varianti allellari va genotiplarining taqsimlanish chastotasiga oid tahlillar asosida yuqori havf markerlari aniqlangan, shuningdek, o‘smirlarda BA rivojlanishiga rezistentligi aniqlangan;

kasallik patogenezining eng muhim jarayonlari ochilishi asosida BAning tasdiqlangan modeli hamda kasallikni o‘smirlarda bosqichli tashxislash, davolash va profilaktika chora-tadbirlari algoritmi ishlab chiqilgan.

III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi:  tadqiqot natijalari asosida ishlab  chiqilgan  «O‘smirlarda BA erta tashxis masalalari» va «Immunitet o‘zgarishining yoshga bog‘liq jihatlari» uslubiy qo‘llanmalar hamda «O‘smirlarda BA tashxisi uchun FcεRIβ geni polimorf lokusi bo‘yicha molekulyar-genetik testlash usuli» va «O‘smirlik davri BAda ikkilamchi immuntanqislik xolatini polioksidoniy dori vositasida immunkorregirlash» uslubiy ko‘rsatmalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18.10.2011 yildagi 93/106-sonli va 12.03.2014 yildagi 1-sonli xulosalari).

Yangiliklarga obuna bo‘lish