Shamsiddinov Burxonjon Jakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni o‘rni” (ijtimoiy-falsafiy tahlil), 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal152. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06. 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alimasov Viktor Aleksandrovich, falsafa fanlari doktori, professor; 
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Tursunboy, siyosiy fanlar doktori, professor; O‘tamurodov Akbarjon O‘tamurodovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti. 
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-falcafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda mulkiy plyuralizm fuqarolik jamiyatining immanent jihatlari bilan dialektik bog‘liq munosabatlar xususiy mulkni shakllantiruvchi mezon ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda demokratiyaning mental xususiyatlari hamda inson omilining etnopsixologik temperamentlari sotsiumlararo ijtimoiy makon strukturasida yangi sinf, ijtimoiy qatlam va sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashi isbotlangan;  
xususiy mulkning paradigmal o‘zgarishlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan bog‘liq permanent xususiyatlari fuqarolik institutlari ta’sirida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashi faoliyatni loyihalash, inson o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ehtiyojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan; 
mahalla institutining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan o‘zaro ditermenistik hamkorligi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar demokratik xarakteridan kelib chiqib fuqarolik jamiyatining immanent xususiyatlari uyg‘unligini ta’minlashi aniqlangan. 
VI.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rnini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
jamiyatda mulkiy plyuralizm fuqarolik jamiyatining immanent jihatlari bilan dialektik bog‘liqligiga hamda bozor iktisodiyotining permanent xususiyatlari o‘rtasidagi dialektik aloqalarini rivojlantirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli 2015-2017 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi loyiha doirasida hamda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining 2020-2021 yil rejalarini belgilash va tashviqot-targ‘ibot jarayonlarida foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 11 mart 01-27/218-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti bo‘lgan xususiy mulkni shakllantiruvchi mezon ekanligini ochib berishga xizmat qilgan; 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda demokratiyaning mental xususiyatlari hamda inson omilining etnopsixologik temperamentlari kichik  biznes  va xususiy tadbirkorlik  bilan shug‘ullanishning  ijtimoiy-falsafiy tahliliga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 2-yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejasining 31-bandi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilari hamda yosh oila vakillari uchun tuman, shaharlardagi “Yoshlar markazlari”da “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda 32-bandi ijtimoiy-iqtisodiy og‘ir holatdagi ajrim yoqasidagi notinch oilalarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Yosh oilalarga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ko‘magi” loyihasini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 8 fevraldagi 04-13/209-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda iqtisodiy demokratiyaning mental xususiyatlari sotsiumlararo ijtimoiy makon strukturasida yangi sinf, ijtimoiy qatlam va sotsial institutlarni o‘sib borishini ta’minlashga xizmat qilgan; 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda xususiy mulkning paradigmal o‘zgarishlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan bog‘liq permanent xususiyatlari  kichik biznesni tashkil qilish va xususiy tadbirkorlikni rivolantirishga doir taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Ta’lim va taraqqiyot”, “Sifat mezoni”, “Investisiya – taraqqiyot omili” maxsus rukn eshitirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat unitar korxonasining 2021 yil 1 fevraldagi 04-25-98-son ma’lumotnomasi). Natijada, xususiy mulk fuqarolik institutlari ta’sirida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashi, faoliyatni loyihalash, inson o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish