Korabel`nikova Tat’yana Nikolaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani qabul qilish uzatish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.02.03– “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.4PhD/T1437.
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shennikovichtexnika fanlari doktori, professor; Mavlyanov Aybek Palvanbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnikainstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani qabul qilish uzatish qurilmasining gorizontal konveyerini va qiya konveyerida paxta xomashyosini qoziqli plankalar bilan ushlash jarayonini takomillashtirish asosida qurilmaning mustaxkamligi, paxtani qabul qilish sifati va jadalligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini qabul qilish uzatish qurilmasining gorizontal qismida, rolikli-rol`gangli platformasini qo‘llash va paxtani qoziqlar bilan tutish jarayonida qoziqlarni qiya lentada joylashtirish tartibini o‘zgartirish bilan takomillashtirilgan nusxasi ishlab chiqilgan;
paxtani platforma yuzasidagi harakatini unga tushadigan massa qalinligiga bog‘liq xolda paxta bo‘lakchalarining roliklar orasiga tortilib ketmaslik imkoniyatidan kelib chiqib, rol`gang roliklarining diametrlarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan platformaga tushadigan yukga, deformatsiyalanishi, paxta tarkibidagi tola uzunligiga va tanlab olingan rolikni uzunligiga bog‘liq bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichlari asosida roliklarning konstruktiv parametrlarini, quvur devorining qalinligini aniqlash uchun nazariy bog‘liqliklar asoslangan;
qurilmaning qiya konveyerida qoziqli plankalarni o‘rnatish tartibi va uning unumdorligi ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi plankalarni maqbul sonini amaliy aniqlanib, uning asosiy konstruktiv va texnologik ko‘rsatkichlari ko‘p omilli tajriba natijalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani qabul qilish uzati-qurilmasini takomillashtirish orqali paxtani g‘aramlarga joylash samaradorligi oshirish imkoniyatini beruvchi qurilmaning ish jarayoniga tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
takomillashtirilgan paxtani qabul qilish-uzatish qurilmasi Toshkent viloyati «Real agro cotton» UKda joriy etilgan (O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klaster uyushmasining 2022 yil 02 fevraldagi 03/22-57 sonli ma’lumotnomasi). Natijada qurilmaning amaldagi va tajriba namunalarini solishtirma sinov ishlarida I-sanoat navli paxta xomashyosi uchun lentali platformaga nisbatan rolikli platformada tozalash samaradorligi 7,4% ga, ish unumdorligi 3100 kg/soatga, III va IV sanoat navlari uchun paxtaning tozalash samaradorligi mos ravishda 8,16% va 7,5% ga, ish unumdorligi esa 2600 kg/soat hamda 1800 kg/soatga ortishiga imkoniyati yaratilgan.