Kamalova Malika Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemorragik va ishemik insultlarda miya tomirlarining morfologik xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1396.
Ilmiy rahbarlar: Islamov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xaydarov Nodirjon Kodirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gemorragik va ishemik insultlarda miya tomirlarining morfologik xususiyatlarini o‘rganish va klinik natijalar bilan taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gemorragik insul`tning patogenezida miyaning gipoksiyasi va ishemiyasi, uning shishishi, tomirlar o‘tkazuvchanligining keskin buzilishi tufayli miya to‘qimalaridagi MSO‘ qon tomirlari devorining morfologik o‘zgarishlar kuzatilishi aniqlangan;
ishemik insul`tning patogenezida elastik tolalarning zichlashishi ko‘rinishidagi fibroelastozi, fibrillyar tuzilmalarning qayta taqsimlanishi, mikrotsirkulyator o‘zan tomirlari qon bilan to‘laligi notekis, tomirlarning ayrimlarida tirqishi bo‘shashi aniqlangan;
miya qon aylanishining buzilishi qayd etilgan bemorlarda miyaning barcha qismlarida ishemiyaning dastlabki bosqichlarida tomirlarda, ayniqsa, mikrotsirkulyator o‘zan tomirlarida paralitik kengayish ko‘rinishida keng tarqalgan dissirkulyator o‘zgarishlar kuzatilishi aniqlangan;
ishemik va gemorragik insul`tda bosh miya tomirlarning parametrlarini, tashqi va ichki diametrlarini hisoblash asosida miya po‘stlog‘idagi mikrotsirkulyar o‘zan tomirlarining morfometrik ko‘rsatkichlarning funksional holatini baholaydigan diagnostik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemorragik va ishemik insul`tlarda bosh miya tomirlarining morfofunksional ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bosh miyada o‘tkir qon aylanishi buzilishining o‘zgarishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan "Ishemik insul`tlarda miya ichi qon tomirlarini tekshirish usuli" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 8 n-r/315-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ishemik insul`t qayd etilgan bemorlarga ambulatoriya va shifoxona sharoitlarida differensial diagnostika, tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash, va morfologik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bergan;
bosh miyada gemorragik insul`t davrida bosh miya tomirlarining o‘zgarishlarini aniqlashda, morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan "Gemorragik insul`tlarda miya ichi qon tomirlarini tekshirish usuli" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan, xamda sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika patologik anatomiya ilmiy markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida va Respublika sud tibbiy ilmiy amaliy markazi Samarqand viloyat filialida amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 8 n-r/316-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy qilinishi kasallikning erta tashxislanishi, uning rivojlanish darajasi, asoratlar kamayishi, bemorlar uchun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash, miya ichi qon quyilishi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini bergan.