Yarqulova Ma’rifatxon Abdulaxad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning boshqaruv hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt533.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xajimuratov Nizomjon Shukrullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning boshqaruv hisobini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini aniqlashning ichki xo‘jalik standarti loyihasi taklif etilgan;
mahsulot tannarxini optimallashtirish maqsadida 9440 “Yong‘inga qarshi kurash va qo‘riqlash xarajatlari” subschetini ochish va ularni hisobga olishga mo‘ljallangan “Tannarxga kiritilmaydigan doimiy xarajatlar” shakli ishlab chiqilgan;
daval xom ashyosi va tolling muomalalari hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida shartli o‘zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarni alohida hisobga oluvchi konversion schetlarni ochish, ularni hisobini yuritish bo‘yicha hisob registrlarini korxonaning hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarning diskontlangan va kelgusidagi qiymatiga ta’sir etuvchi omillarini 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarning boshqaruv hisobi va tannarxni aniqlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini aniqlashning ichki xo‘jalik standarti loyihasi bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 19 yanvardagi 08-34-1-64-son va «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2021 yil 16 noyabrdagi 01-08/3080-son ma’lumotnomalari). Natijada tarmoq korxonalarida xarajatlarni hisobga olish va tannarxni aniqlashning yagona uslubiyoti shakllantirilgan va oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
mahsulot tannarxini optimallashtirish maqsadida 9440 «Yong‘inga qarshi kurash va qo‘riqlash xarajatlari» subschetini ochish va ularni hisobga olishga mo‘ljallangan «Tannarxga kiritilmaydigan doimiy xarajatlar» shaklini kiritish to‘g‘risidagi taklifi «O‘zbekneftegaz» AJ jamiyat faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 19 yanvardagi 08-34-1-64-son va «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2021 yil 25 oktyabrdagi 30-30/4457-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida shartli doimiy xarajatlarni korxonaning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarish maqsadga muvofiqligi asoslangan, mahsulot tannarxini pasaytirish orqali mustaqil bo‘linmalarning foydasini oshirishga, o‘z navbatida, moliyaviy va statistik hisobot shakllarini takomillashtirishga erishilgan;
daval xom ashyosi va tolling muomalalari hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida shartli o‘zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarni alohida hisobga olishga mo‘ljallangan konversion schetlarni ochish va ularni hisobini yuritish bo‘yicha taklif etilgan hisob registrlari «O‘zbekneftegaz» AJ hisob siyosatiga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 19 yanvardagi 08-34-1-64-son va «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2021 yil 16 noyabrdagi 01-08/3080-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xarajatlarni konversion schetlar orqali taqsimlash korxonalarning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholashga qaratilgan chora-tadbirlar monitoringini amalga oshirishga xizmat qilgan;
neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarning diskontlangan va kelgusidagi qiymatiga ta’sir etuvchi omillarni 2025 yilgacha bo‘lgan davrga ishlab chiqilgan prognozi «O‘zbekneftegaz» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 19 yanvardagi 08-34-1-64-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikamiz neftni qayta ishlash sanoatining 2010-2021 yillarda ishlab chiqarish tannarxi dinamikasi tahlil qilingan va xarajatlarni tejashning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish imkoniyati yaratilgan, shuningdek, 2022-2025 yillar uchun prognoz qiymatlari aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish