Igamberdieva Lobar Zoirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Og‘ir va yuqori qovushqoq neftlarni qazib chiqarish samaradorligini oshirish», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2069.
Ilmiy rahbar: Akilov Jaxongir Akilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatulla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori; Mardonov Botir Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harorat o‘zgarishining yuqori qovushqoq va og‘ir neftlarning reologik xossalariga ta’siri va ularni g‘ovakli muhitda sizilishdagi muvozanatsizlik hodisalariga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir neftlar qovushqoqligining siljish tezligi va haroratga bog‘liqligi aniqlangan;
yuqori qovushqoq neftli va kollektorlar o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan konlarda bosim gradientining ko‘tarilishi bilan to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan fil`trlashning to‘g‘ri chiziqli fil`trlashga o‘tishi isbotlangan;
yuqori konsentratsiyali polimer eritmalari bilan yuqori qovushqoq neftni siqib chiqarishda yuqori bosimlarga extiyoj yuzaga kelishi aniqlangan;
polimer eritmasining 0,2-0,4% konsentratsiyasida suvsiz va yakuniy NQChKni oshirish va qatlamning neftga to‘yingan hajmidan 70% ga ortiq bo‘lgan polimer xajmida erishilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Og‘ir va yuqori qovushqoq neftlarni qazib chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faol bo‘lmagan fonddan qayta tiklash texnologiyasi Jaloir konidagi 18 V/x (Sharqiy Xaudag) va Amudaryo konining 29-sonli quduqlarida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 30 dekabrdagi 05-25-2-51-son ma’lumotnomasi) Natijada, 2017-2020 yillarda mos ravishda 118,3 va 57,4 t qo‘shimcha neft` olish imkonini bergan;
vintli nasoslardan foydalanish texnologiyasi Qarsag‘li konining 35, 36, 61, 68 va 69-sonli quduqlarida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 30 dekabrdagi 05-25-2-51-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2015-2020 to‘rtta quduqdan qo‘shimcha ravishda 3450,2 t qo‘shimcha neft` qazib olish imkonini bergan;
quduqni burg‘ilash yo‘li bilan quduqlarning dastlabki to‘rini zichlashtiruvchi burg‘ilash texnologiyasi Janubiy Mirshodi 16-sonli joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 30 dekabrdagi 05-25-2-51-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2018-2020 yillarda burg‘ilangan quduqdan qo‘shimcha tarzda 82,4 t neft` qazib olishga imkoniyat yaratilgan.