Saxobidinov Rasuljon Isomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Angren qo‘ng‘ir ko‘mir kar`erining ko‘chki xavflari seysmik monitoringi», 04.00.06 - Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/GM85.
Ilmiy rahbar: Sidorova Irina Petrovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Seysmologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.GM/FM.97.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Ibragimov Alisher Xaydarovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘chki xavfini prognoz qilish samaradorligini oshirish uchun Angren qo‘ng‘ir ko‘mir kar`erida seysmik monitoring metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chki sodir bo‘lishini prognozlash ishonchliligi va sifatini oshirishda Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konining ochiq kar`erida seysmik monitoring uslubiyati ishlab chiqilgan;
tuzilgan seysmogrammalar katalogi kar`erdagi portlashlarni, uzoq va yaqin zilzilalarni, ko‘chki harakatlarini identifikatsiyalash uchun ishlab chiqilgan;
singan to‘lqin ma’lumotlarining tahlili asosida ko‘chki to‘satdan harakatlanishi xavfi bo‘lgan suyuq qatlamlar hamda ko‘chki harakatlanishi mumkin bo‘lgan potensial xavfli uchastkalar aniqlangan;
bo‘ylama (P) va ko‘ndalang (S) seysmik to‘lqinlarning boshlang‘ich qismini aniqroq ajratish uchun matematik modellashtirish yordamida kompyuter dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Angren qo‘ng‘ir ko‘mir kar`erining ko‘chki xavfini seysmik monitoringi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni kar`erida ko‘chki xavflarining seysmik monitoringi uslubiyati Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 30 iyundagi 06-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chki sodir bo‘lishini prognozlash ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
tuzilgan seysmogrammalar katalogi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 30 iyundagi 06-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, kar`erdagi portlashni, uzoq va yaqin zilzilalarni, ko‘chki harakatini aniqlashga imkon bergan;
seysmik monitoring usuli bilan modellashtirilgan Naugarzan ko‘chkisining tuzilishi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmati faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 30 iyundagi 06-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chki to‘satdan harakatlanishi xavfi bo‘lgan suyuq qatlamlarni aniqlash imkonini bergan;
matematik modellashtirish yordamida P va S seysmik to‘lqinlarni ajratuvchi kompyuter dasturi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmati faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 30 iyundagi 06-26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, seysmogrammalarda P va S to‘lqinlarning boshlang‘ich qismini aniqroq ajratish imkonini bergan.