Ermatova Azoda Abduxoliqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Atrof muhit ob’ektlari tarkibidagi rux, qo‘rg‘oshin ionlarini sul`farsazen azoreagenti bilan aniqlashning sorbsion-spektroskopik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K330.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer tashuvchilarga immobillangan sul`farsazen azoreagenti yordamida qo‘rg‘oshin va rux (II) ionlarini sorbsion-fotometrik aniqlash tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional va analitik-faol guruhlar tuzilishiga bog‘liq holda organik reagentlarni immobillashning analitik tavsiflari aniqlangan;
immobillangan reagentlarni rux va qo‘rg‘oshin ionlari bilan kimyoviy analitik xossalariga asoslangan ta’sirlashish mexanizmi, funksional-faol guruhlarning joylashishiga va ion-koordinasion bog‘larning xarakteriga bog‘liqligi isbotlangan;
rux va qo‘rg‘oshinning ionlarga halaqit beradigan birga uchraydigan kationlar va anionlarni ta’siri aniqlangan;
rux va qo‘rg‘oshin ionlarini immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-spektrofotometrik aniqlashning yangi usullari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Atrof-muhit ob’ektlarida rux va qo‘rg‘oshin ionlarini aniqlash va ajratib olishning yangi sorbsion-fotometrik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida rux va qo‘rg‘oshin ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli Olmaliq KMKda amaliyotga joriy etilgan (Olmaliq KMK AJning 2021 yil 4 maydagi 000/8829-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq va chiqindi suvlarda rux va qo‘rg‘oshin ionlarini tezkor miqdoriy aniqlash imkonini bergan;
rux va qo‘rg‘oshin ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli «Peng-Sheng» O‘zbekiston-Xitoy Qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Peng-Sheng» QKning 2021 yil 2 avgustdagi Z/156-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindilari tarkibidagi rux va qo‘rg‘oshin ionlarini aniqlashning usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.