Meliboev Mira’zam Foziljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olxo‘rini quritishda yuqori samarador kombinatsion usullardan foydalanish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2187.
Ilmiy rahbar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoil Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olxo‘ri mevasini quritishning yuqori samarali kombinatsion texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: mikroto‘lqinli sublimatsion quritishni olxo‘ri strukturasiga, namlik va jarayon davriga ta’siri aniqlangan;
olxo‘rini mikroto‘lqinli sublimatsion quritish sharoitlarida askorbin kislota miqdori 94 %, uglevodlar miqdori 98 %-gacha nativligini saqlab qolishi isbotlangan;
mikroto‘lqinli sublimatsion quritish jarayonida an’anaviy usullarga nisbatan quritish tezligini 1,2 barobarga oshishi, vaqti 5-6 soatga qisqarish asoslangan;
mikroto‘lqinli kombinatsion usulda quritishning, ob’ekt va magnetronlar orasidagi masofa hamda to‘lqin uzunligi bilan bog‘liqligi aniqlanib, quritish mahsulotlari tarkibidagi vitaminlar va qandlar miqdori saqlanishi isbotlangan;
olxo‘ri mevasini quritishning yuqori samarali kombinatsion texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olxo‘rini mikroto‘lqinli sublimatsion quritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olxo‘rini mikroto‘lqinli sublimatsion quritish texnologiyasi «SUNNY LAND PRODUCTS» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 15 martdagi 15-44/03-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, olxo‘rini quritish jarayon davomiyligini o‘rtacha 5 soatgacha qisqartirish imkonini bergan.
olxo‘rini dielektrik diapazonda muzlatilgan mahsulotlardagi namlikni bug‘ga aylantirish orqali sublimatsion quritishning jadallashtirilgan texnologiyasi «SUNNY LAND PRODUCTS» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 18 martdagi №03/29-04/1398-son ma’lumotnomasi). Natijada, olxo‘rini mikroto‘lqinli sublimatsion usulda quritish orqali elektr energiyani 20 %-gacha tejash hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.