Xolbekova Feruzaxon Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida makroiqtisodiy  barqarorlikni ta’minlash (Farg‘ona vodiysi misolida)”, 08.00.02 - “Makroiqtisodiyot”,  08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt760. 
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bo‘stonov Mansur Mardonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida erishish hamda bu orqali mahalliy aholining turmush tarzini yaxshilash va kambag‘allik darajasini pasaytirib borishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hududning  epidemiologik holati va aholining salomatlik darajasini aks ettiruvchi ekologo-epidemiologik muhitning sog‘lomligi ko‘rsatkichidan foydalanish taklif etilgan;
makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy nisbatlarini ta’minlashning muhim sharti sifatida mintaqalardagi uy xo‘jaliklarini statistik kuzatish orqali namoyon bo‘luvchi aholining umumiy iste’mol sarflari tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlari ulushi bo‘yicha o‘zgarishlarning kambag‘allik darajasiga ta’sirini hisobga olish taklifi ishlab chiqilgan;
mintaqalardagi mahalliy xom ashyo asosida faoliyat yuritayotgan past rentabelli yirik korxonalarga mahalliy ishlab chiqaruvchi maqomini berish uchun mahalliy boshqaruvga o‘tkazish hamda tegishli qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali ularni rivojlantirish taklif etilgan;
Farg‘ona iqtisodiy mintaqasida mahalliy ishlab chiqarish tavsifidagi  tarmoq va sohalardagi keskin joriy kon’yunkturaviy o‘zgarishlar sharoitida barqaror ishlab chiqarish hajmini ta’minlovchi ko‘p bo‘g‘inli kooperatsion aloqalarini “kafolatli iqtisodiy dastaklar” hisobiga kengaytirish orqali kichik hududiy yaxlit samarali takror ishlab chiqarish siklini yo‘lga qo‘yish taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida erishish hamda bu orqali mahalliy aholining turmush tarzini yaxshilash va kambag‘allik darajasini pasaytirib borishga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda hududning  epidemiologik holati va aholining salomatlik darajasini aks ettiruvchi ekologo-epidemiologik muhitning sog‘lomligi ko‘rsatkichidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish bo‘yicha uslubiy nizom”ni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 10 iyuldagi 01/1-13-17/-2-83-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda uning epidemiologik holati va aholining salomatlik darajasini muntazam nazorat qilish imkoni yaratilgan; 
makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy nisbatlarini ta’minlashning muhim sharti sifatida mintaqalardagi uy xo‘jaliklarini statistik kuzatish orqali namoyon bo‘luvchi aholining umumiy iste’mol sarflari tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlari xarajatlari ulushi bo‘yicha o‘zgarishlarning kambag‘allik darajasiga ta’sirini hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish bo‘yicha uslubiy nizom”ni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 10 iyuldagi 01/1-13-17/-2-83-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqalardagi uy xo‘jaliklarini kuzatishda aholining kambag‘allik va turmush sharoitiga oid ko‘rsatkichlarini baholashning aniqlik darajasi ortgan; 
mintaqalardagi mahalliy xom ashyo asosida faoliyat yuritayotgan past rentabelli yirik korxonalarga mahalliy ishlab chiqaruvchi maqomini berish uchun mahalliy boshqaruvga o‘tkazish hamda tegishli qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali ularni rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 10 iyundagi 04/16-02-10-174-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida past rentabelli yirik korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holatining yaxshilanishi hamda mahalliy ishlab chiqarishning kengayishiga imkon yaratilgan; 
Farg‘ona iqtisodiy mintaqasida mahalliy ishlab chiqarish tavsifidagi  tarmoq va sohalardagi keskin joriy kon’yunkturaviy o‘zgarishlar sharoitida barqaror ishlab chiqarish hajmini ta’minlovchi ko‘p bo‘g‘inli kooperatsion aloqalarini “kafolatli iqtisodiy dastaklar” hisobiga kengaytirish orqali kichik hududiy yaxlit samarali takror ishlab chiqarish siklini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot  va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 10 iyundagi 04/16-02-10-174-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi kooperatsion aloqalarning kengayishi hamda mahalliy ishlab chiqarish barqarorligining oshishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish