Yo‘lchieva Sevara Tojimatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oksiazo reagentlar asosidagi immobillangan organik reagentlar yordamida atrof-muhit ob’ektlarida mis, temir, kobal`t ionlarini sorbsion-fotometrik aniqlash», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K525.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkentkimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nabiev Abduraxim Abduxamidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immobillangan oksiazo reagentlar yordamida mis, temir va kobal`t ionlarini sorbsion-fotometrik aniqlash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis (II), temir (III), kobal`t (II) ionlarini immobillangan organik oksiazoreagentlar yordamida sorbsion konsentrlashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
tolali sorbentlarga (SMA-1, SMA-3) immobillangan 1-(2-piridilazo)-2-naftol, indigo-5,5'-disul`fokislotaning dinatriyli tuzi va 1-(4-antipirilazo)-2-naftol sul`fo natriyli tuzi reagentlari mis, temir va kobal`t ionlari bilan barqaror komplekslar hosil qilish isbotlangan;
ishlab chiqilgan usullarning to‘g‘riligi va takrorlanuvchanligi, ionlar
miqdorini aniqlash chegaralari metrologik asoslangan;
ishlab chiqilgan sorbsion-fotometrik usul yordamida mis (II), temir (III)
va kobal`t (II) ionlarini Farg‘ona oqava suvlarida tarqalish shakllari isbotlangan va monitoring natijalari bilan asoslangan;
mis, temir va kobal`t ionlarini ekologik ob’ektlar tarkibidan SMA-1 va SMA-3 sorbentlariga immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-fotometrik aniqlashning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mis (II), temir (III) va kobal`t (II) ionlarini immobillangan oksiazoreagentlar yordamida sorbsion-fotometrik aniqlash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida mis, temir va kobal`t ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli «Quvasoysement» AJda amaliyotga joriy qilingan («Quvasoysement» AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi AA-02011-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlarida va tuproqda mis, temir va kobal`t ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan;
immobillangan oksiazoreagentlar yordamida sorbsion-fotometrik aniqlash usuli «Peng-Sheng» QKning markaziy laboratoriyasida qo‘llanilgan («Peng-Sheng» QKning 2021 yil 8 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, bu usulni ishlab chiqish bo‘yicha tabiiy suvlar tarkibidagi og‘ir zaharli metallar ionlarining mikromiqdorlarini aniqlashda analizning oson bajarilishi va sezgirligini oshirish imkonini bergan.