Nasirova Nilufarxon Qobiljonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «UNIFLOK seriyali flokulyant yordamida gal`vanik ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqava suvlarni tozalash texnologiyasini takomillashtirish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K523.
Ilmiy rahbar: Mutalov Shuxratjon Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkentkimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02. 
Rasmiy opponentlar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor;  Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘ir metall ionlari saqlovchi oqava suvlarni polimerli polielektrolitlarni qo‘llab tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gal`vanikli ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘luvchi tarkibida Cr6+ ionlari bo‘lgan oqova suvlarini Fe2SO4 eritmasi yoki chiqindi temir-talas yordamida zararsizlantirishning maqbul sharoitlari asoslangan; 
tozalash samaradorligiga cho‘ktirish, tindirish va fil`trlash tezligi, oqava suvning rN-muhiti hamda Cr6+ ionlarining konsentratsiyasining ta’siri  aniqlangan;
«Uniflok»,«PAA» seriyali flokulyantlar hamda Fe2SO4 eritmasi yoki chiqindi temir-talaslar yordamida gal`vanik ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqava suvlarini og‘ir metall ionlari va muallaq zarrachalardan samarali tozalab suvning aylanma harakati takomillashtirilgan; 
tarkibida og‘ir metall ionlari bo‘lgan oqava suvlarni tozalash jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni (loy) qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati uchun ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatish mumkinligi asoslangan.
«Uniflok» seryali polielektroliti gal`vanik ishlab chiqarish oqava suvlaridagi muallaq zarrachalarining cho‘ktirish jarayonini 6-8 barobarga tezlashtirilishi aniqlangan;
og‘ir metall ionlari saqlovchi oqava suvlarni polimerli polielektrolitlarni qo‘llab tozalash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gal`vanikli ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘lgan oqava suvlarni «Uniflok» seriyali flokulyant yordamida tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gal`vanikli ishlab chiqarish oqava suvlarini og‘ir metall ionlaridan tozalash texnologiyasi «MET-FUR-SERVIS» OAJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 yanvardagi 03-02/8-118-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni Cr6+, Cr3+, Fe, Cu, Ni, Cd, Zn, Pb, Sn ionlaridan tozalash, suvning aylanma xarakatini tashkil etish va yumshatish imkonini beradi; 
«Uniflok» seriyali polielektrolit flokulyantini qo‘llash texnologiyasi «MET-FUR-SERVIS» OAJ OAJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 14 yanvardagi 03-02/8-118-son ma’lumotnomasi). Natijada, polielektrolit flokulyanti va takomillashtirilgan texnologik jarayon oqava suvlarni chegaraviy miqdor darajasida tozalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish