Aydarkulova Kamila Abduxalikovna
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar kiyimini loyihalashda ergonomik mosligini antropometrik ta’minlash” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2409
Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Pulatova Saboxat Usmanovna texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar qomatini antropometrik tadqiq qilish asosida kiyimlarning ergonomik mosligini oshirish va aholini kiyim o‘lchamlari bilan maksimal darajada qoniqishini ta’minlash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab yoshidagi bolalar tana o‘lcham ko‘rsatkichlarini yosh-jins va regional o‘zgaruvchanligiga taqsimlanish bog‘lanishlari, yangi o‘lcham tipologiyasi hamda razmer va bo‘ylar shkalasi qomatning jadal o‘sish suratlariga kiyim konstruksiyasini moslashtirishini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
kengaytirilgan diapazondagi to‘lalik guruhiga ega bo‘lgan bolalar tipaviy qomatlarining klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va ularning miqdoriy antropomorfologik xarakteristikalari aniqlangan;
bolalar qomatining empirik va nazariy taqsimoti, egri chiziqlar approksimatsiyasi, regressiya tenglamalarini tuzish va turli xil yosh-jins guruhidagi bolalar tipaviy qomatlarining o‘lcham ko‘rsatkichlarini standartlashtirish orqali antropometrik axborotni optimallashtirish metodikasi takomillashtirilgan;
yetakchi o‘lchamlar oralig‘ida qomatlar taqsimlanishini ifodalovchi, ikkilamchi o‘lcham ko‘rsatkichlari qiymatini hisoblash va antropometrik standartlardan konstruktorlik standartlariga o‘tish imkonini beruvchi analitik bog‘lanishlar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar kiyimini loyihalashda ergonomik mosligini antropometrik ta’minlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli maktab yoshidagi bolalar tipaviy qomatlarining klassifikatsiyasi, kengaytirilgan diapazondagi to‘lalik guruhlari, bolalar razmer va bo‘ylar shkalasi, ularning miqdoriy antropomorfologik xarakteristikalari ChP «RUXSHANA-TEKS» XKda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 24 maydagi 03/14-1534 - sonli ma’lumotnomasi). Korxonada maktab formasini razmer va bo‘ylar ratsional shkalasi bo‘yicha ishlab chiqarish natijasida sotilmagan maxsulot xajmini keskin kamaytirish va uning sotilishini 50% oshirishga erishilgan;
turli mamlakatlar bolalar aholisi qomatlari tipologiyasi va klassifikatsiyasining tahlili natijalari, adaptatsion shkalalar «Saidbek Muxaye savdo xususiy korxonada» joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 24 maydagi 03/14-1534 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maxalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar eksportini oshirish, bolalar kiyimini qomatga mosligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
har xil yosh guruhidagi qiz bolalarning maktab formasini (jaket, nimcha, yubka) va o‘g‘il bolalarning maktab formasini (pidjak, nimcha, shim) tayyorlash uchun me’yoriy-texnik hujjatlar, andozalar komplektlari va sanoat namunalari «TOJINISO FAYZ» MChJ, «FARHOD ABDULLA 1979» MChJ ishlab chiqarishga tatbiq qilingan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 24 maydagi 03/14-1534 - sonli ma’lumotnomasi) Natijada kiyimlarning bolalar tana tuzilishiga mosligi va qomatda yaxshi o‘rnashuvi ta’minlangan bo‘lib, maktab kiyimlari bazali konstruksiyalarini ishlab chiqarishga vaqt sarfini 25-30% qisqartirishga erishilgan.