Mirzoev Narzullo Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energetik samaradorlikni nazorat va boshqarishning axborot-dasturiy ta’minoti va qurilmalari”, 05.01.06 – “ Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1568
Ilmiy rahbar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor; Sulliev Absaid Xurramovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarish korxonalarining elektr energiya iste’moli samapadopligini o‘lchash va nazopat qilishning qurilmalari hamda axbopot-dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetik samapadoplik asosiy ko‘rsatkichlarining o‘lchov - nazorati uchun informatsion va mantiqiy baholashga asoslangan funksional-axbopot strukturasinining infologik va matpisali modellari hamda algoritmlari ishlab chiqilgan;
elektr energiya uzatish tarmog‘ining fazalari bo‘yicha energetik samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy elektr kattaliklar va elektr iste’molchilarning tavsiflarini hisobga olgan holda IoT-muhitli o‘lchash tuzilmasining model va algoritmi ishlab chiqilgan;
energetik samapadoplikni masofadan o‘lchov va nazorat qilishni hisobga olgan holda funksional imkoniyatlari kengaytirilgan bulut texnologiyali modeli ishlab chiqilgan hamda o‘lchov kattaliklari va ma’lumotlarini raqamli taqdim etishning https://cloudhisoblagichlar.uz formati yaratilgan;
elektr energiya iste’moli samapadopligi ko‘rsatkichlarini o‘lchash, uzatish, saqlash, baholashda mavjud analoglaridan: birlamchi tokni chiqishdagi kuchlanish signaliga o‘zgartiruvchi, energetik samaradorlik sinflarini aniqlaydigan va mobilligi bilan farq qiladigan o‘lchash qurilmasi hamda uning ishlash algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarish korxonalari energetik samapadoplikni o‘lchov - nazopat qilish qurilmasini va axbopot dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ishlab chiqilgan va narxi amaldagi energetik samaradorlikni nazorat va boshqarishning axborot dasturiy ta’minoti va qurilmalaridan 5 barobar arzon bo‘lgan energetik samaradorlikni o‘lchov-nazorat qilish qurilmasi «Buxorogazsanoatqurilish» AJ «Neftgazavtotransxizmat» UKning o‘lchov-nazorat jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2022 yil 03 fevraldagi 13-436 - son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotning energiya sig‘imini va energetik samaradorlik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va boshqarish orqali korxonaning energetik samapadopligi 4 % ga yaxshilangan;
Elektr energiya iste’moli samaradorligini o‘lchov va nazorat tizimining Cloud Hisoblagichlar modeli va IoT asosidagi elektr energetika tizimining bulut texnologiyasini IT-muhiti tuzilmasi modeli va algoritmi «Kogondonmahsulotlari» AJ va «Qorako‘ldonmahsulotlari» AJ korxonalarida sinovdan o‘tkazish asosida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2022 yil 03 fevraldagi 13-436 - son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida elektr energiya iste’moli samaradorligini baholash uchun asosiy elektr kattaliklarni tok, kuchlanish, chastota, aktiv quvvat koeffisienti, foydali ish koeffisienti, aktiv va reaktiv elektr energiya iste’molini masofadan monitoring qilish orqali energetik samaradorlikni 3 %ga yaxshilash imkoni yaratilgan.