Mamaev G‘ulom Ibroximovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shahar ko‘chalaridagi avtomobillar to‘xtab turish joylarida harakatlanish xavfsizligini oshirish», 05.08.06 – «G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1218
Ilmiy rahbar: Bakirov Lutfillo Yuldashalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: Qosimov Karim, texnika fanlari doktori, dotsent; Topalidi Valeriy Anatol`evich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shahar ko‘chalari bo‘ylab avtomobillar to‘xtab turish joylarida tadqiqotlar o‘tkazish va harakat xavfsizligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar ko‘chalaridagi avtomobillar to‘xtab turish joylarini tashkil qilishning nazariy asoslari hamda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida to‘xtash uzunligi va to‘xtash vaqtini belgilash matematik model yordamida takomillashtirilgan;
avtomobillarining gabarit o‘lchamlari (uzunlik, asos, kenglik, yo‘l, minimal burilish radiusi)dan kelib chiqib, ko‘cha bo‘ylab to‘xtab turish joylarining optimal o‘lchamlari AutoTURN dasturiy ta’minoti yordamida ishlab chiqilgan;
shahar ko‘chalaridagi avtomobillar to‘xtab turish joylarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, “Smart parking” (aqlli to‘xtash joyi) tizimlaridan foydalanishda taklif etilgan innovatsion yo‘l belgisini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
ko‘cha bo‘ylab to‘xtab turish joylarida yo‘qotilgan vaqtga nisbatan ko‘chaning xizmat ko‘rsatish darajasi(level of service)ni belgilash mezonlari imitatsion model yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘cha bo‘ylab avtomobillar to‘xtab turish joylarida harakatlanish xavfsizligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘cha bo‘ylab avtomobillar to‘xtab turish joylarini transport oqimining asosiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida to‘xtash joylarini joylashtirish usuli Samarqand shahar transport boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 2/544-727 son ma’lumotnomasi). Natijada shahar ko‘cha va yo‘llarida harakatlanish tezligini oshirish hamda tirbandliklarni oldini olish, shahardagi butun yo‘l va uning alohida bo‘laklaridagi o‘rtacha harakatlanish tezligi 35% ga oshgan;
shahar ko‘chalaridagi avtomobillar to‘xtab turish joylarida “Smart parking” tizimlaridan foydalangan holda, harakatlanish xavfsizligini oshirishda innovatsion yondashuv usuli Samarqand shahar transport boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 2/544-727 son ma’lumotnomasi). Natijada shahar ko‘chalarida sodir bo‘ladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘lda sodir bo‘ladigan ziddiyatli vaziyatlar 8% gacha kamaygan;
transport vositalarining gabarit o‘lchamlaridan kelib chiqib, ko‘cha bo‘ylab to‘xtab turish joylarini belgilash usuli Jizzax shahar transport boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 2/544-727 son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘cha bo‘ylab to‘xtash joylarining haydovchilar uchun qulayligi 20% oshgan;
ko‘cha bo‘ylab avtomobillar to‘xtab turish joylarini transport oqimining asosiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida to‘xtash joylarini joylashtirish usuli Jizzax shahar transport boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2022 yil 2 fevraldagi 2/544-727 son ma’lumotnomasi). Natijada shahar ko‘chalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati ikki bo‘lakli yo‘llarda 50% gacha uch bo‘lakli yo‘llarda 35% gacha ortgan.