Salimova Iroda Nazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuza-faol moddalarni qo‘llab, yuqori sifatli mozaikali pol qoplamalarining texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.09.08- “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1375.
Ilmiy rahbar: Yusupov Hamza Ibadovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ganiev Karim Barovich, hamda texnika fanlari nomzodi, professor Sattorov Zafar Muradovich.
Yetakchi tashkilot: “Namangan muhandislik-qurilish instituti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mozaik pollarini barpo etishda yuza-faol moddalarni qo‘llab, silliqlash jarayonini samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mozaika qoplamasini silliqlashda natriy karbonat (Na2CO3)ni konsentratsiyasi 0,1% li suvli eritmasini qo‘llaganda mehnat unumdorligi 38-42% ga oshishi asoslangan;
abraziv emirilish nazariyasining asosiy qoidalari asosida marmarning mikroqattiqligiga ta’sir qiluvchi yuza-faol moddalarning mozaikali qoplamaning silliqlash jarayoni samaradorligiga ta’siri ishlab chiqilgan;
sement toshining mustahkamligi 130 N/sm2 va qattiqligi 7 N/mm2 qiymatlarga etganda mozaika qoplamasini silliqlashni boshlash vaqti asoslangan;
yuza-faol moddalarning konsentratsiyasini silliqlash vaqtiga bog‘liqligi va olingan qatlam qalinligiga bog‘liq holda pol qoplamasi yuzasining marmar uvoqlari bilan joylashganlik darajasi modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuza-faol moddalarni qo‘llab, yuqori sifatli mozaikali pol qoplamalarining texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuza-faol moddalarni qo‘llab, yuqori sifatli mozaikali pol qoplamalarini ishlab chiqish texnologiyasi “EM-DER-SAL INSHAAT” MChJ qurilish tashkilotida joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi №09-06/12359-son ma’lumotnomasi va “O’zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 05/15-2532-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mozaik pol qoplamasini silliqlashdagi iqtisodiy samara 100 m2 qoplama uchun 174084 so‘m iqtisodiy samara bergan.
yuza-faol moddalarni qo‘llash shuningdek, “KEMRAN” MChJ qurilish tashkilotida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi №09-06/12359-son ma’lumotnomasi va “O’zsanoatqurilishmateriallari” O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 05/15-2532-sonli ma’lumotnomasi). Bunda 324 m2 yuzani silliqlashda 1 480 000 so‘m iqtisodiy samara berdi. Tavsiya etilgan yuza-faol moddalarni qo‘llash orqali yuqori sifatli mozaikali pol qoplamalari qurishda mehnat unumdorligini oshirib, iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.