Qurbonov Shodlikbek Marksovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat tibbiyot tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditni takomillashtirish», 08.00.08 - «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1508.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Yusupovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Komildjon Sherkuzievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat tibbiyot tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobi va ichki auditni takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini 102 401-«Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari» va 102 402-«Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari» alohida buxgalteriya schyotlarida hisobga olish taklif etilgan;
«UzASBO» dasturiy majmuasi tarkibida 180 000-«Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xarajatlar» buxgalteriya schyoti bo‘yicha tibbiy xizmatlar tannarxini shakllantiruvchi «Kal`kulyasiya» modulini ishlab chiqish taklif etilgan;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha daromadlari va xarajatlarini «Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobot»ning «Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisoblangan daromadlari» hamda «Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlari» nomli alohida satr ko‘rsatkichlarida aks ettirish orqali moliyaviy hisobotning axborot imkoniyatlarini oshirish taklif etilgan;
byudjet tashkilotlarining boshqa daromadlari hisobidan qilingan haqiqiy xarajatlarni «Yagona schyotlar rejasi»da alohida hisobga olish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat tibbiyot tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari, daromadlari va xarajatlari hisobini alohida buxgalteriya schyotlarida yuritish yuzasidan ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-son BHS) «Yagona schyotlar rejasi»da (ro‘yxat raqami 3078, 2018 yil 20 oktyabr`) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 04/35-01-35/452-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi byudjet tashkilotlari, moliya bo‘limlari, g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan joriy va jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzishda har bir jamg‘arma bo‘yicha ma’lumotlarni alohida shakllantirishga hamda axborotlarning ishonchliligini ta’minlashga olib keldi. Shuningdek, ushbu takliflarning qabul qilinishi byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobi bo‘yicha UzASBO va DMBAT dasturiy majmualarini integratsiya qilish imkonini bergan;
«UzASBO» dasturiy majmuasida xizmatlar tannarxini shakllantiruvchi 180 000 «Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xarajatlar» schyoti bo‘yicha byudjet tasnifidagi iqtisodiy xarajatlar moddalarini bog‘lagan holda davlat tibbiyot tashkilotlaridagi pullik davolash va tibbiy xizmatlar narxini shakllantiruvchi «Kal`kulyasiya» modulini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona schyotlar rejasini «UzASBO» dasturiy majmuasiga tadbiq etish bo‘yicha texnik topshirig‘ida (2020 yil 29 dekabr` JZ77487843-son) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 04/35-01-35/452-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tibbiyot tashkilotlarining pullik davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatida amalga oshiriladigan xarajatlarning maqsadliligini ta’minlashga, tannarx ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobni yuritishga hamda mablag‘lar sarfiga oid axborotlarning ochiqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha daromadlari va uning xarajatlarini «Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot» shaklida alohida aks ettirish amaliyotini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-son BHS) «Byudjet hisoboti»da (ro‘yxat raqami 3124, 2019 yil 18 yanvar`) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 04/35-01-35/452-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha daromadlari va uning haqiqiy xarajatlari yuzasidan aniq ma’lumotlar olish, ushbu mablag‘lardan foydalanish natijadorligini baholash hamda ishonchli axborot bazasini shakllantirish imkonini bergan;
byudjet tashkilotlarining boshqa daromadlari hisobidan qilingan haqiqiy xarajatlari hisobini alohida «Yagona schyotlar rejasi»da yuritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-son BHS)da o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 04/35-01-35/452-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjet tashkilotlarining boshqa daromadlari bo‘yicha har bir shaxsiy g‘azna hisob varag‘idan amalga oshirilgan xarajatlarni alohida hisobga olishga, moliyaviy hisobotlarda ularning ishonchliginini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish