Mirzaeva Shoxista Usmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «SO2 muhitda beh ildizini ekstraksiyalash jarayonini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T652.
Ilmiy rahbar: Djuraev Xayrullo Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Qayum Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: CO2 muhitda beh ildizini ekstraksiyalash jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
beh ildizi tarkibidagi biologik faol moddalarning ekstraksiyalanish samaradorligi SO2 gazining bosimiga, temperaturasiga, ta’sir etish davomiyligiga va fazalararo diffuziya koeffisientiga bog‘liqligi asoslangan;
beh ildizini ekstraksiyalash jarayonining maqbul rejimlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik va kompyuter model` ishlab chiqilgan;
beh ildizini ekstraksiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillarning optimal qiymatlari aniqlangan;
yuqori kritik bosimda siqilgan CO2 gazini erituvchi sifatida qo‘llash orqali beh ildizini ekstraksiyalash jarayoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori bosimda siqilgan CO2 gazini qo‘llab beh ildizini ekstraksiyalash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori bosimda siqilgan CO2 gazini qo‘llab takomillashtirilgan ekstraksiyalash jarayoni va apparati O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2021–2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 18 dekabrdagi 18-129/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, siqilgan CO2 gazining bosimi 8÷9,5 MPa bo‘lganda ekstraksiyalash jarayonini 1,3÷1,4 martaga jadallashtirish hamda tarkibida BFM miqdori 35,5% saqlangan ekstrakt olish imkoniyati yaratiladi;
beh ildizini yuqori bosimda siqilgan CO2 gazi qo‘llanilgan ekstraksiyalash jarayoni va tajriba sinov qurilmasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining «2021–2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 18 dekabrdagi 18-129/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, beh ildizining ekstrakti oshqozon ichak, bronxit, surunkali charchoq, pnevmoniya va boshqa kasalliklarini davolashda qo‘llash uchun tavsiya berish imkonini beradi.