Xolboev Bahromjon Ernanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zomin konus yoyilmasi sug‘oriladigan tuproqlarining meliorativ holati», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B224.
Ilmiy rahbar: Axmedov Almon Usmonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.05.03.
Rasmiy opponentlar: Turdaliev Avazbek Turdalievich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Sobitov O‘lmasboy Tojaxmedovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zomin konus yoyilmasi hududi sug‘oriladigan tuproqlarining xossa-xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash va qiyosiy taqqoslash  asosida hudud tuproq-meliorativ holatini baholash hamda  unumdorligini saqlash va ularni yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zomin konus yoyilmasi sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarining asosiy xossalari, hozirgi meliorativ holati sug‘orish ta’sirida gidromorfizm jarayoni kuchayib, tuzlar zaxirasining (344,8 t/ga dan 532,9 t/ga gacha va 469,7 t/ga dan 617,9t/ga gacha) ortib borish holatlari isbotlangan;
Zomin konus yoyilmasi sug‘oriladigan o‘tloqi va o‘tloqi-sho‘rxoklashgan tuproqlari haydov qatlamida gips, zaharli tuzlar yig‘indisi sug‘orish davriga bog‘liq holda kamayishi, karbonatlar miqdori esa ortishi aniqlangan;
tuproqlarning sho‘rlanish jarayonida turli zaharli va zaharsiz tuzlar to‘planishi, sho‘rlanish darajasi ortib borgan sari natriy va unga parallel ravishda xlor ionining ham ortib borishi borasidagi korrelyasion bog‘lanishlar isbotlangan;
tuproqlarning sho‘rlanish darajasi va tiplarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi, tuproq profilidagi umumiy va zaharli tuzlar miqdori va zaxiralarining to‘planish sabablari qiyosiy tahlillar asosida ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zomin konus yoyilmasida  sug‘oriladigan tuproqlarining hozirgi meliorativ holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sho‘rlanish va sho‘rtoblanish jarayonlarining oldini olish, tuproqlar unumdorligi va mahsuldorligi hamda ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Zomin tumanidagi «Mixliboy ota dalasi», «Tanho tut» va «Ikrom shijoati» fermer xo‘jaliklarining 124 gektar er maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 dekabrdagi 02/022-2-4406-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar asosida er resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va muhofazalash hamda sho‘rlanish va sho‘rtoblanish jarayonining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Zomin konus yoyilmasi tuproqlarining 1:25000 miqyosda tuzilgan «Tuproqlar mexanik tarkibi», «Tuproq sho‘rlanishi» va «Sizot suvlarini joylashish chuqurligi» xaritalari yuqorida ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 dekabrdagi 02/022-2-4406-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartografik materiallar asosida fermer xo‘jaliklari er maydonlarini tabaqalashtirib sug‘orish, sho‘r yuvish, o‘g‘itlash, agrotexnik va agromeliorativ tadbirlarini maqbullashtirish imkonini bergan;
Zomin tumani «Tanho tut» fermer xo‘jaligining sho‘rtobli-sho‘rxok o‘tloqi-bo‘z tuproqlarida 1:25000 masshtabli «Tuproq sho‘rlanishi» va «Mexanik tarkibi» xaritalari  amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 dekabrdagi 02/022-2-4406-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur xaritalar Zomin konus yoyilmasi fermer xo‘jaliklari tuproqlari meliorativ holatida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatib borish (monitoring qilib borish) hamda tuproqlar muhofazasiga doir masalalarga aniqliklar kiritib borishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish