Eshpulatov Azizbek Sag‘dullaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nostabil stenokardiyasi bor bemorlarda koronar aterosklerozni dislipidemiya turi va lipidtranporti sistemani genlari bilan bog‘liqligini baholash», 14.00.06-Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1332.
Ilmiy raxbar: Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori; Muxammedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronar aterosklerozni noinvaziv tashxislash samaradorligini oshirish uslublarini ishlab chiqish va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarini davolashni klinik-biokimyoviy va genetik uslublar bilan optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor o‘zbek millatiga mansub YuIK bor bemorlarda AROS3 geni SstI polimorfizmi va AROE geni ε2/ε3/ε4 polimorfizmining tarqalganligi va uning aralash dislipidemiya bilan bog‘liqligi aniqlangan bo‘lib AROS3 genining SstI polimorfizmi S2 alleli tashuvchilari va AROE genining ε4 alleli tashuvchilari nostabil stenokardiyasi bor bemorlarda, sog‘lomlarga qaraganda ishonchli darajada ko‘proq uchrashi isbotlangan;
YuIK bor bemorlarida AROS3 genining SstI polimorfizmi, AROE genining ε2/ε3/ε4 polimorfizmini lipid spektri, yallig‘lanish markerlari ko‘rsatkichlarining bog‘liqligi tahlil qilinib AROS3 genining SstI polimorfizmi S2 alleli tashuvchilarida qonda trigliseridlar miqdorining oshishi, AROE genining ε4 alleli tashuvchilarida esa Apolipoproteina B va yuqori sezuvchan S-RO miqdorining ortishi isbotlangan;
ilk bor AROC3 gening «S2» va AROE gening «ε4» zararlovchi allelari kombinatsiyali tashuvchilari stenozlovchi koronar aterosklerozning noinvaziv genotipik markeri bo‘lib, koronarografiya va kombinatsiyali gipolipidemik terapiyaga tavsiya qilishga ko‘rsatmasi aniqlangan;
ilk bor YuIK, aralash turdagi dislipidemiyasi bor bemorlarga rozuvastatin bilan monoterapiya va simvastatina bilan fenofibratning kombinatsiyasining gipolipidemik samaradorligi solishtirma tahlili o‘tqazilib rozuvastatin bilan monoterapiyaning 10-40 mg/kun titratsiyasi, simvastatin 20-40 mg/kun va fenofibrat 145 mg/kun kombinatsiyali qo‘llanilishidan gipolipidemik samaradorlik bo‘yicha ortda qolmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nostabil stenokardiyasi bor bemorlarda koronar aterosklerozni dislipidemiya turi va lipidtransporti sistemani genlari bilan bog‘liqligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nostabil stenokardiya va dislipidemiyasi bor bemorlarda lipid almashinuvi, ateroskleroz markerlari, yurak gemodinamikasi, koronar oqimi zararlanishi holatlarini baxolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida «Bir va undan ko‘p toj tomirlarining stenotik aterosklerozining noinvaziv tashxislash usuli» O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05455, 03.07.2014). Ushbu usul yurak ishemik kasalligini noinvaziv tashxislashning imkonini bergan;
nostabil stenokardiya va dislipidemiyasi bor bemorlarda lipid almashinuvi, ateroskleroz markerlari, yurak gemodinamikasi, koronar oqimi zararlanishi holatlarini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan ixtiro «Dislipidemiya va lipidtransport tizimi genlarini inobatga olgan holda, nostabil stenokardiya bemorlarini tekshirish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8N-R/620-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma koronar aterosklerozni noinvaziv tashxislash samaradorligini oshirish uslublarini ishlab chiqish va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan.
nostabil stenokardiyasi bor bemorlarda koronar aterosklerozni noinvaziv tashxislash samaradorligini oshirish uslublarini ishlab chiqish va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarini davolashni klinik-biokimyoviy va genetik uslublar bilan optimallashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan va Andijon filiallari faoliyatiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 yanvardagi 8n-d/35-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar nostabil stenokardiya rivojlanishini erta tashxislash, kasallik klinik kechishini prognozlash, davolashni optimallashtirish va asoratlar miqdorini pasayishiga imkon bergan.