Raxmanov Eldor Tolibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali yunon-rim kurashchilarining kombinatsion hujum harakatlarini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1470.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Salamov Raxmatilla Salamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizov Nosirjon Nematillaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali yunon-rim kurashchilarining kombinatsion hujum harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha tayyorgarlik dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali yunon-rim kurashchilarining hujum qilishdagi kombinatsion harakatlarini takomillashtirish uchun beldan oshirib tashlash va elkalardan oshirib tashlash usullarini o‘rgatishda yiqitish usullarining birinchi fazada raqib muvozanatini buzish, ikkinchi fazada raqibni hujum harakatidan himoyaga o‘tkazish hisobiga texnik-taktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik imkoniyatlaridan kelib chiqib, kombinatsion hujum harakatlarini aldamchi harakatlar bilan (bajarishi kerak bo‘lgan usulga yondosh usulni ko‘rsatish) mohirona niqoblay olish orqali raqibni illyuziyaga tushirish hisobiga strategik mashg‘ulot uslubiyati takomillashtirilgan;
malakali yunon-rim kurashchilarining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun og‘irlashtirilgan jism bilan elastik qaytuvchi moslamaga elkadan oshirish harakatlarini assimetrik ravishda tashlash usullariga rivojlantiruvchi mashq sifatida kiritish hisobiga mashg‘ulot olib borishning vazifasi va rejimini o‘zgartirish imkoniyati takomillashtirilgan;
malakali yunon-rim kurashchilarining musobaqa jarayonida asosan samaradorligi yuqori bo‘lgan beldan va elkalardan oshirib tashlash texnik usullarni takomillashtirish uchun mutloq ko‘rsatkichlari asosida izometrik tartibda cheklanmagan vaqtda maksimal erkin mushak harakatining kattaligi bo‘yicha bajariladigan yaqinlashtiruvchi mashqlar majmuasini mashg‘ulotga kiritish hisobiga kombinatsion harakatlardagi natijadorlik imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Malakali yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
malakali yunon-rim kurashchilarining hujum qilishdagi kombinatsion harakatlarini takomillashtirish uchun beldan oshirib tashlash va elkalardan oshirib tashlash usullarini o‘rgatishda yiqitish usullarining birinchi fazada raqib muvozanatini buzish, ikkinchi fazada raqibni hujum harakatidan himoyaga o‘tkazish hisobiga texnik-taktik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Respublika olimpiya zahiralari kolleji” va “Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji” o‘quv-mashg‘ulotlari dasturiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 10 martdagi 03-13/156 - son ma’lumotnomasi). Natijada qarshi hujumda muvaffaqiyatli bajarilgan texnik usullar 18% ga yaxshilangan;
malakali yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik imkoniyatlaridan kelib chiqib, kombinatsion hujum harakatlarini aldamchi harakatlar bilan (bajarishi kerak bo‘lgan usulga yondosh usulni ko‘rsatish) mohirona niqoblay olish orqali raqibni illiyuziyaga tushirish hisobiga strategik mashg‘ulot uslubiyati “Respublika olimpiya zahiralari kolleji” va “Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji” o‘quv-mashg‘ulotlari dasturiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 10 martdagi 03-13/156 - son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba guruhi kurashchilari tomonidan murakkab hujum harakatlarini o‘rgatish imkoniyati 16-18% ga o‘sgan;
malakali yunon-rim kurashchilarining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun og‘irlashtirilgan jism bilan elastik qaytuvchi moslamaga elkadan oshirish harakatlarini assimetrik ravishda tashlash usullariga rivojlantiruvchi mashq sifatida kiritish hisobiga mashg‘ulot olib borishning vazifasi va rejimini o‘zgartirish imkoniyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Respublika olimpiya zahiralari kolleji” va “Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji” o‘quv-mashg‘ulotlari dasturiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 10 martdagi 03-13/156 - son ma’lumotnomasi). Malakali yunon-rim kurashchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbiy ko‘rsatkichlari 21 % ga o‘zgargan;
malakali yunon-rim kurashchilarining musobaqa jarayonida asosan samaradorligi yuqori bo‘lgan beldan va elkalardan oshirib tashlash texnik usullarni takomillashtirish uchun mutloq ko‘rsatkichlari asosida izometrik tartibda cheklanmagan vaqtda maksimal erkin mushak harakatining kattaligi bo‘yicha bajariladigan yaqinlashtiruvchi mashqlar majmuasini mashg‘ulotga kiritish hisobiga kombinatsion harakatlardagi natijadorlik imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar “Respublika olimpiya zahiralari kolleji” va “Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji” o‘quv-mashg‘ulotlari dasturiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 10 martdagi 03-13/156 - son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy musobaqalarda qarshi hujum texnik-taktik harakatlarni bajarishda kurashchilarning ko‘rsatkichlari dastlabki natijalarga nisbatan 18-20%ga o‘sishiga erishilgan.