Yamaletdinova Munira Faditovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘rikdan sho‘rdanak ishlab chiqarishda namlik – issiqlik ishlov berish jarayonini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1068.
Ilmiy rahbar: Narziev Mirzo Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori, dotsent, Boboyorov Ravshan Otabekovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘rdanak ishlab chiqarishda danak qobig‘ida yoriq hosil qilish va issiqlik ishlov berish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rik danaklaridan sho‘rdanak ishlab chiqarish texnologik tizimidagi jarayonlarni ko‘p bosqichli tizimli tahlilining ierarxik strukturasi ishlab chiqilgan;
o‘ta yuqori chastotali tok energiyasi ta’sirida dastlab namlangan o‘rik danaklari qobig‘ida yoriq hosil kilish va qovurish takomillashtirilgan jarayonlarini matematik va kompyuter modellari ishlab chiqilgan;
o‘rik danagini chaqish uchun sarflangan yuklama hamda kuch ta’sirida qobiqning defformatsiyalanish va yoriq hosil bo‘lish darajalari aniqlangan;
o‘rik danaklaridan sho‘rdanak ishlab chiqarishning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘rik danaklariga namlik – issiqlik ishlov berishning yangi usulini qullash orqali qobig‘ida yoriq hosil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik ishlovi berishning yangi usuli Buxoro viloyatining «Livadiya Buxoro» korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 18 dekabrdagi 18-130/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, 30-60 soniya issiqlik ishlov berish davomida o‘rik danagi qobig‘ini yorish imkonini bergan;
o‘rik danagini qovurishda yuqori chastotali tok energiyasini qo‘llash usuli Buxoro viloyatining «Livadiya Buxoro» korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 18 dekabrdagi 18-130/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rik danagining 95-97 % yoriqlar hosil bo‘lishiga va sifatli sho‘rdanak olish imkonii bergan.