Abdullaeva Maryambibi Djumaniyazovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy – huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shaklllantirish texnologiyalari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2949.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, psixologik-pedagogik omillar va shart-sharoitlar o‘quvchilarga sanogen tafakkurning motivatsion, refleksiv va operatsion ko‘nikmalarini real vaziyatlar modellari imitatsiyasi asosida  aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan modeli normativlik, izchillik va universallik xarakteriga ega funksional bloklar mazmuniga tanlab o‘qish, tezkor o‘qish va ongli o‘qish kabi kitobxonlik malakalarini o‘quvchilarda rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligining motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli komponentlarini innovatsion ta’lim muhitiga xalqchillik, halollik kabi ijtimoiy mezonlar uyg‘unligida singdirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ta’limning universallik, muqobillik va variativlik shakllarini amaliyotda qo‘llash orqali o‘zaro yordam, bag‘rikenglik kabi do‘stona munosabat sifatlarini o‘quvchilarda shakllantiruvchi interfaol o‘quv muhitini tashkil etish samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy ma’yorlarga hurmat hissini shakllantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, psixologik-pedagogik omillar va shart-sharoitlarni aniqlash va joriy etishga oid taklif va g‘oyalar  “Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i bilan berilgan 538-146-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida  ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining didaktik ta’minotini yaxshilashga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan modeliga doir nazariy fikr-mulohazalar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darslik  mazmuniga singdirilgan ( O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan berilgan 500-141-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligining motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, operatsion-faoliyatli komponentlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalardan A-Ot-2021-419-son “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi elektron platformasini yaratish (Pre-schhoolPDP) nomli innovatsion-amaliy loyihani amalga oshirishda  foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2021 yil 21 dekabrdagi 02-2340-son buyrug‘i). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishda oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqani qaror toptirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish