Allaniyazov G‘ulomjon Sherniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ustki kiyim mahsulotlari uchun mo‘ljallangan trikotaj to‘qimalarining ratsional tuzilishlarini ishlab chiqish va ularning xususiyatlarining tadqiqoti” 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T2518. 
Ilmiy rahbar: Holiqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Abdurashid Abduraxmanovich, texnika fanlari nomzodi dotsent RhD.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ustki kiyim mahsulotlari uchun mo‘jallangan trikotaj to‘qimalarining ratsional tuzilishlarini ishlab chiqarish va ularning xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
ratsional tuzilishga ega bo‘lgan hosilali glad to‘qimasini olishda halqa qatori bo‘yicha rapporti ortishi hisobiga halqalari vertikal o‘q bo‘yicha siljimaydigan to‘qima olish usuli yaratilgan;
rapportlar sonini orttirish uchun iplarni to‘qimada vertikal o‘q bo‘yicha joylashtirish natijasida hosilali glad to‘qimasi halqa protyajkalari uzayishini hisobga olib, fizik-mexanik xususiyatlariga ta’sir etuvchi  buralishdagi qayishqoqlik qonuniyatlari aniqlangan; 
ikki qatlamli trikotaj to‘qimasining old va orqa qatlamlarini shakllantirishda foydalanilgan ipning chiziqli zichligini o‘zgarishi to‘qimaning texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlariga ta’sir etish qonuniyatlari iplarning deformatsiyalanish xossalarini hisobga olib aniqlangan;  
yangi o‘rilishdagi shakl saqlash xususiyatlari yuqori bo‘lgan, kam xomashyo sarf qilingan, qatlamlari asos ipi yordamida pressli biriktirish usulidan foydalanib olingan ikki qatlamli trikotaj to‘qimasi ishlab chiqilgan;  
to‘qima tarkibiga mavjud to‘qimalardan farqli o‘laroq arqoq ipi hamda glad halqa qatorini kiritish hisobiga yangi o‘rilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olishga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi tuzilishli hosilali va ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
halqa qatori bo‘yicha rapporti ortishi hisobiga halqalari vertikal o‘q bo‘yicha siljimaydigan, ratsional tuzilishga ega bo‘lgan hosilali glad to‘qimasi «AOTEX» MChJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 05 aprel` oyidagi №03/25-908 ma’lumotnomasi). Natijada, assortiment turi kengayib, sifat ko‘rsatkichlarini ortishiga, xom ashyo sarfini 21 % gacha kamaytirishga erishilgan;
qatlamlari asos ipi yordamida pressli biriktirish usulidan foydalanib olingan ikki qatlamli trikotaj to‘qimasi «Dilhan Tex LLC» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 05 aprel` oyidagi №03/25-908 ma’lumotnomasi). Natijada, xom ashyo sarfini 24 % gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish