Muratov Abobakr Xolikberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish ob’ektlariga sochiluvchan yuklarni tashish texnologiyasini takomillashtirish», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2540
Ilmiy rahbar: Kuziev Abdimurot Urokovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Sur’atovich, texnika fanlari doktori, dotsent;  Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish ob’ektlariga sochiluvchan qurilish yuklarini tashishda avtomobil` transporti vositalari va yuk jo‘natish punktlarining ish vaqtlaridan samarali foydalanish uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuk tashishda avtomobil` transporti vositasi unumiga texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi korrelyasiya-regressiya modellashtirish asosida tadqiq etilgan; 
avtomobil` transporti va yuklash vositalarining texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari asosida diskret va uzluksiz holatlarda xizmat ko‘rsatish tizimiga kirib kelayotgan avtomobil` transporti vositalarining ishini tezkor va samarali rejalashtirish uslubi ishlab chiqilgan;
avtomobil` transporti va ularga xizmat ko‘rsatuvchi yuklash vositalarini ratsional taqsimlash orqali erishiladigan samaradorlikni baholash uslubi o‘zaro kutib turish vaqtlaridan vujudga keluvchi kunlik iqtisodiy yo‘qotishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
real ish vaqti, qatnovlar soni va tashilayotgan yukning hajmiy og‘irligini hisobga olish asosida avtomobil` transporti vositalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi yuk jo‘natish punktlarining ish ko‘rsatkichlarini adekvat ravishda modellashtiruvchi algoritmi takomillashtirilgan hamda dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
avtomobil` transporti vositalarida sochiluvchan qurilish yuklarini tashishni tashkil etishning samarali texnologiyasi “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi №2/833-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy aylanish vaqti 25%ga kamaydi va ekspluatatsion tezlik 3 km/soatga oshdi, avtomobil` transporti vositalarining kunlik tashish hajmi 23,8%ga oshishiga erishilgan;
avtomobil` transporti vositalariga xizmat ko‘rsatish jarayonini modellashtirish va boshqarish, yalpi xizmat ko‘rsatish nazariyasi uslublari va yondashuvlari asosida sochiluvchan qurilish yuklarini tashish texnologiyasi va algoritmi “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi №2/833-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada iste’molchilarning tashishga bo‘lgan ehtiyoji (6045 tonna) o‘zgarmagan holda, qurilish ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish uchun avtomobil` transporti vositalarining soniga bo‘lgan talab 95 tadan 67 taga, ya’ni 29%ga, kamayishiga erishilgan;
avtomobil` transporti vositalari hamda yuklash vositalarining ish ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish masalasining Python tilida dasturiy ta’minoti “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi №2/833-390-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil` transporti va yuklash vositalarining ish ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish (kutishlardagi va foydalanilmay qolgan vaqtlar) hisobiga yuk tashish xarajatlarini 28393,5 so‘m/tonnadan 20334 so‘m/tonnagacha, ya’ni 28%ga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish