Uktamov  Xusniddin  Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo sanoati korxonalarining  moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash amaliyotini  takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.3.PhD/Iqt1766.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shohista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ataniyazov Jasurbek Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati korxonalarining  moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoati korxonalarining korporativ moliyaviy-iqtisodiy diagnostikasida iqtisodiy xavfsizlikni integral ko‘rsatkichining baholash shkalasi: “tahlikali - 0 dan 0,40 gacha”, “past - 0,40 dan 0,69 gacha”, “o‘rtacha - 0,70 dan 1,0 gacha”, “yuqori - 1,1 dan katta” taklif etilgan;
kimyo korxonalari moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun boshqaruv tuzilmasiga “Iqtisodiy xavfsizlik bo‘limi”ni tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
kimyo sanoati tarmog‘iga davlat aralashuvini kamaytirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda korxonalarining ustav kapitalida davlat ulushini 20%dan oshirmaslik taklif etilgan;
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarida mikrotizimni joriy etish, integral ko‘rsatkichlarni real vaqt mobaynida baholashning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga tasirining 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyo sanoati korxonalarining  moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash amaliyotini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo sanoati korxonalarining korporativ moliyaviy-iqtisodiy diagnostikasida iqtisodiy xavfsizlikni integral ko‘rsatkichining baholash shkalasi: “tahlikali - 0 dan 0,40 gacha”, “past - 0,40 dan 0,69 gacha”, “o‘rtacha - 0,70 dan 1,0 gacha”, “yuqori - 1,1 dan katta” taklifi O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga 2021 yil 105-son buyrug‘i bilan joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 2 iyuldagi 03-2450-son ma’lumotnomasi). Natijada «Farg‘onazot» AJ hamda «Navoiazot» AJda iqtisodiy barqarorlik darajasi baholangan hamda unga xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
kimyo korxonalari moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun boshqaruv tuzilmasiga “Iqtisodiy xavfsizlik bo‘limi”ni tashkil etish taklifi O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga 2021 yil 105-son buyrug‘i bilan joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 2 iyuldagi 03-2450-son ma’lumotnomasi). Strategiyani tadbiq etish natijasida «Navoiazot» AJda 2020 yilda «Farg‘onazot» AJda joriy davr foydasi o‘tgan yilga nisbatan  28,1 foizga oshib, 158 178 ming so‘mni tashkil etgan. 2020 yilda «Farg‘onazot» AJda joriy davr foydasi o‘tgan yilga nisbatan 19,7 foizga oshib,  114 012 ming so‘mni tashkil etgan;
kimyo sanoati tarmog‘iga davlat aralashuvini kamaytirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda korxonalarining ustav kapitalida davlat ulushini 20%dan oshirmaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 fevraldagi PQ-4992-son “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining  2021 yil 2 iyuldagi 03-2450-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida 2021 yilda «Navoiazot» AJda davlat ulushi 17,2%ni, «Farg‘onazot» AJda 18,7 % bo‘lishi belgilab olindi; 
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarida mikrotizimni joriy etish, integral ko‘rsatkichlarni real vaqt mobaynida baholashning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligiga tasirining 2025 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda 2035 yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturiga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 2 iyuldagi 03-2450 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda 2035 yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli parametrlariga tuzatishlari kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish