Abdusamatov Soxibjon Abdusamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘simlik xomashyolari asosida ozuqa oqsilini tayyorlashning mikrobiologik texnologiyasi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V298.
Ilmiy rahbar: Davranov Qaxramon, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jamshukurov Nortaji Abdixaliqovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kutlieva Guzal Djumanyazovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik chiqindilarini parchalovchi fermentlar biosintez qiluvchi faol mikromiset shtammlarini ajratib olish, tanlab olingan shtammlar yordamida amarant o‘simligi biomassasiga kompleks ishlov berish orqali, oqsilga boy bo‘lgan ozuqa maxsulotlarini tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tabiiy manbalardan ajratib olingan izolyatlari sellyulaza fermentlarini sintezlovchi, faol shtammlar skrining qilingan hamda mahalliy Trichoderma harzianum THNUU-1 (857) shtammi tanlab olingan, klassik mikologik hamda zamonaviy molekulyar biologik usullar yordamida identifikatsiya qilingan;
ilk bor Trichoderma harzianum THNUU-1 (857) 2% amarant somoni saqlagan Mandel`s ozuqa muhitida chuqurlikda o‘stirilganda 72 soatda endo-1,4-β-glyukanaza (6.68 birlik/ml), ekzo-1,4-β-glyukanaza (2.89 birlik/ml), β-glyukazidaza (2.41 birlik/ml) dan iborat bo‘lgan sellyulaza kompleksini sintez qilishi aniqlangan;
Trichoderma harzianum THNUU-1 (857) shtammi amarant o‘simligi chiqindilaridan tayyorlangan ozuqa qo‘shimchasining tarkibini almashinmaydigan aminokislotalar miqdorini 41.5% ga, bunda: fenilalanin – 43,9 mg/gr, leysin – 52,8 mg/gr, metionin 52,7 mg/gr va izoleysin 45,8 mg/gr ga boyitishi aniqlangan;
ilk bor amarant o‘simligi biomassasini Trichoderma harzianum THNUU-1 (857) shtammi yordamida chiqindilarsiz biokonversiya qilish sharoitlari ishlab chiqilgan va ekologik toza, bezarar ozuqaga qo‘shimcha sifatida chorva mollari va parrandalarning ozuqasini hazm bo‘lishiga yordam beruvchi ozuqa qo‘shimchasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Trichoderma harzianum THNUU-1 (857) shtammi asosida oqsilga boy ozuqaga qo‘shimcha sifatida qishloq xo‘jaligiga joriy etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
sellyuloza tutuvchi xomashyolarni fermentativ gidrolizlash yo‘li bilan olingan ozuqaviy qo‘shimchalar Qashqadaryo viloyati “Parranda investi” va “Zotli parranda”, Xorazm viloyati “Gandimyon parrandachilik”, “Oybek Baxrom”, “Iso Muslim”, “Urganch urug‘i”, Jizzax viloyati “Bo‘ston parranda” va “Zarbdor eco products” fermer xo‘jaliklaridagi parrandalar uchun beriladigan ozuqaga qo‘shimcha sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 02/23-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada, parrandachilik xo‘jaliklarida broyler jo‘jalarning hayotchanligi va vaznini 11-12% ga oshirish imkonini bergan;
sellyuloza parchalovchi va fermentativ gidrolizlangan ozuqaviy qo‘shimchalar Jizzax viloyati “Shavkat Avliyoqul o‘g‘li”, Andijon viloyati “Baxt imkon rivoj chorvasi”, Qashqadaryo viloyati “Qizil cho‘l asil chorva” va “Jumaev Umir chorvasi” fermer xo‘jaliklarida qoramollarning ozuqasiga qo‘shimcha sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 02/23-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada, sog‘in sigirlarda sut miqdori 18-20% ga oshirish imkonini bergan.