Orinbaev Turg‘anbay Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): XXI asr boshidagi qoraqalpoq adabiyotshunosligining rivojlanish tendensiyalari (qoraqalpoq lirikasi tadqiqi misolida), 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil1020.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quanishbay, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mambetov Qabil Pirniyazovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyotshunosligining taraqqiyot tendensiyalarini zamonaviy lirika tajribasi va talqini misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq adabiyotshunosligida ilk marotaba XXI asr boshidagi qoraqalpoq adabiyotshunosligi taraqqiyotining nazariy-qiyosiy, tipologik va diniy-ma’rifiy talqin tendensiyalari qoraqalpoq lirikasi materiallari asosida ochib berilgan;
XIX asr qoraqalpoq mumtoz lirikasining adabiy hodisa sifatida o‘rganilganligi, janr dinamikasi shakl va mazmun hamda diniy-tasavvufiy tamoyillar asosida aks ettirilganligi dalillangan;
XX asr qoraqalpoq lirikasi taraqqiyotiga bag‘ishlangan aksariyat tadqiqotlarda badiiy shakl mohiyatiga urg‘u berilganligi hamda o‘zbek, turkman adabiyotlaridagi sheriy shakllar bilan tipologik yaqinligi aniqlangan;
qoraqalpoq lirikasi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar hajmi aniqlanib, uslubiy-shakliy izlanishlar salmog‘i ijodkor shaxsiga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XXI asr boshidagi qoraqalpoq adabiyotshunosligining rivojlanish tendensiyalarini qoraqalpoq lirikasining tadqiq qilinishi misolida o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq adabiyotshunosligida ilk marotaba XXI asr boshidagi qoraqalpoq adabiyotshunosligi taraqqiyot tendensiyalari qoraqalpoq lirikasi materiallari asosida ochib berilganligi, qoraqalpoq lirikasi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar hajmi, ularning ijodkor shaxsiga bog‘liqligi kabi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar va ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi loyiha ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar va ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 4 oktyabrdagi 273/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotshunosligi fani rivoji bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan va qoraqalpoq lirikasining o‘rganilishida yangi yo‘nalishlar haqidagi ilmiy tasavvurlar takomillashtirilgan;
XIX asr qoraqalpoq mumtoz lirikasining adabiy hodisa sifatida o‘rganilganligi, janr dinamikasi shakl va mazmun hamda diniy-tasavvufiy tamoyillar asosida aks ettirilganligi, ijtimoiy-tarixiy formatsiyalar almashinuvi, qadriyatlar o‘zgaruvi va adabiy jarayonda yangilanish tamoyillari adabiyotshunoslik sathida namoyon bo‘lishi haqidagi nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Tarixiy shaxslar», «Xalq durdonasidan», «Yoshlar uchun», «Meros» nomli radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qaraqalpaqstan teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 01-02/464-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng xalq ommasining badiiy adabiyotga, shu jumladan, adabiyotshunoslikka qiziqishini oshirish va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishga zamin hozirlangan;
XX asr qoraqalpoq lirikasi taraqqiyotiga bag‘ishlangan aksariyat tadqiqotlarda badiiy shakl mohiyatiga urg‘u berilganligi hamda o‘zbek, turkman adabiyotlaridagi sheriy shakllar bilan tipologik yaqinligi, hozirgi qoraqalpoq adabiyotshunosligidagi maqomi, ularda badiiy adabiyot haqidagi yangicha tasavvurlar, qoraqalpoq lirikasi janrlar dinamikasini tadqiq qilish asosida olingan ilmiy xulosalardan yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan seminarlarda va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar Uyushmasining 2021 yil 5 oktyabrdagi 117-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarda badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik ilmi o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida tushunchalarning shakllanishiga, hozirgi qoraqalpoq adabiyotshunosligining taraqqiyot yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlari takomillashtirilgan.