Ismailov Baxit Abdireymovichning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1487.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Kulmamat Jonuzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’molchilarning xizmatlardan qoniqish darajasini oshirish, xizmat turlarini diversifikatsiyalash, xodimlar kasbiy moslashuvini ta’minlash hamda kreditlash tizimini soddalashtirish asosida servis korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish taklif etilgan;
iqtisodiyot soha va tarmoqlarida iqtisodiy o‘sishning intensiv va ekstensiv rivojlanish omillarini taqqoslashning integral baholash usuli fondlar qaytimi, mehnat unumdorligi, bandlar va asosiy fondlar indekslari asosida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasi faoliyatini boshqarish tizimi axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish bosqichlarini alohida yo‘nalishlar bo‘yicha kiritsh asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorini barqaror shakllanish tendensiyalari hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirishga yo‘naltirilgan sohani 2022-2030 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iste’molchilarni xizmatlardan qoniqish darajasini oshirish, xizmat turlarini diversifikatsiyalash, xodimlar kasbiy moslashuvini ta’minlash hamda kreditlash tizimini soddalashtirish asosida servis korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish omillari tasnifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi «2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4889-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xarita» ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 08/43-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va intensivligini oshirish, mehnat jarayonida xodimlarning kasbiy moslashuvchanligini ta’minlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish imkonini bergan;
iqtisodiyot soha va tarmoqlarida iqtisodiy o‘sishning intensiv va ekstensiv rivojlanish omillarini taqqoslashning integral baholash usuli fondlar qaytimi, mehnat unumdorligi, bandlar va asosiy fondlar indekslari asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi «2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4889-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha «Yo‘l xarita» ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 08/43-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida 2020 yilda iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksini 1,7 koeffisientga oshirishga erishilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasi faoliyatini boshqarish tizimi axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish bosqichlarini alohida yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ular ijrosi monitoringini o‘tkazish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 08/43-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish asosida boshqaruv jarayonini standartlashtirish va muvofiqlashtirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorini barqaror shakllanish tendensiyalari hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirishga yo‘naltirilgan sohani 2022-2030 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan «Xizmatlar bozorini 2022-2030 yillarda rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 08/43-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish 2022-2030 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida respublikada xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 5,9 %ga va sohada band bo‘lganlar sonini 11,9 %ga oshishi imkonini bergan.