Ibragimova Xonzoda Saidazim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida musiqiy-ritmik kompetensiyalarni rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2981.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida musiqiy-ritmik kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda musiqiy-ritmik kompetensiyalar o‘z-o‘zini baholay olish ko‘rsatkichlariga oid loyihaviy prognostik usullar va emotsional, obrazli ifodaviy- ritmik gimnastik mashqlar ketma-ketligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida musiqiy-ritmik kompetensiyalar musiqiy tushunchalarni mazmunan-hissiy interpretatsiya qilish, kasbiy kompetensiyalarni o‘z-o‘zini baholay olish kabi ta’lim berish tamoyillarining tadrijiy dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda musiqiy-ritmik harakatlar musiqiy obrazlarga mos ijodiy mashqlarni bajarishning motivatsion-intellektual va ijodiy-pedagogik xususiyatlari barqaror rivojlanish va tadrijiy-badiiylik g‘oyalarini musiqa ostida predmetlar bilan va predmetlarsiz umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda musiqiy-ritmik kompetensiyalar imkoniyatlari pedagogik va psixologik tashxislash funksiyalarining boshlang‘ich va undan keyingi darajasini mashqlarni bajarish jarayonida baholash hamda metodikalar natijadorligi refleksivligini adaptiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida musiqiy-ritmik kompetensiyalarni rivojlantirish asosida:
talabalarda musiqiy-ritmik kompetensiyalar o‘z-o‘zini baholay olish ko‘rsatkichlariga oid loyihaviy prognostik usullar va emotsional, obrazli ifoda bilan bog‘liq ritmik gimnastik mashqlar to‘plamini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar OT-F1-36-raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 19 noyabrdagi 02-07-3663/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalar musiqiy-ritmik harakatlar darsiga doir reja va dasturlar mazmunini boyitishga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida musiqiy-ritmik kompetensiyalar musiqiy tushunchalarni mazmunan-hissiy interpretatsiya qilish, kasbiy kompetensiyalarni o‘z-o‘zini baholay olish kabi ta’lim berish tamoyillarining tadrijiy dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 19 noyabrdagi 02-07-3663/04-son dalolatnomasi). Natijada musiqiy ritmikaga oid ta’limni tashkil etishning didaktik ta’minotini kengaytirishga erishilgan;
talabalarda musiqiy-ritmik harakatlar musiqiy obrazlarga mos ijodiy mashqlarni bajarishning motivatsion-intellektual va ijodiy-pedagogik xususiyatlari barqaror rivojlanish va tadrijiy-badiiylik g‘oyalarini musiqa ostida predmetlar bilan va predmetlarsiz umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 19 noyabrdagi 02-07-3663/04-son dalolatnomasi). Natijada ritm va ritmika tushunchasini keng yoritib berish, oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ritmika va musiqaning uzviyligini asoslashga erishilgan;
talabalarda musiqiy-ritmik kompetensiyalar imkoniyatlari pedagogik va psixologik tashxislash funksiyalarining boshlang‘ich va undan keyingi darajasini individual yoki guruhli mashqlarni bajarish jarayonida baholash hamda metodikalar natijadorligi refleksivligini adaptiv ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar OT-F1-36-raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 19 noyabrdagi 02-07-3663/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda musiqiy-ritmik kompetensiyalarni rivojlantirish darajasini aniqlash imkoniyati oshirilgan.