Xakberdiev Nurali Salaydinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda siyosiy tizim transformatsiyasining davlat kadrlar siyosatiga ta’siri (Ichki ishlar organlari xodimlari misolida)», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ss150.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Tilovov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda siyosiy tizim transformatsiyasi jarayonida ichki ishlar organlarining kadrlar salohiyatini samarali rivojlantirish va xalqchil ichki ishlar xodimini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy tizim transformatsiyasining ijobiy dinamikasi ichki ishlar organlari tizimida kadrlar siyosatining funksional va institutsional xususiyatlarini davr talabiga mos ravishda o‘zgarib borishi soha faoliyatini ma’muriy isloh etish, intensiv rivojlantirish, tashkiliy modernizatsiyalash, optimal shakllantirish mexanizmlariga bog‘liqligi isbotlangan;
milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda siyosiy tizim transformatsiyasi ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatini ham belgilovchi asos sifatida xodimlarning “siyosiy ong – siyosiy madaniyat – siyosiy mas’uliyat”ga egalik salohiyatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning samarali professional faoliyatini belgilovchi muhim omillardan biri ekanligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining professional kompetentligi va siyosiy mas’uliyatini baholashda fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga legitimlik (ishonch) darajasi, ta’sirchan jamoatchilik nazoratining joriy etilgani va xodimlarning korrupsion xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlik mas’uliyatini shakllantirish kabi ustuvor mezonlar bilan belgilash asoslangan;
jamiyatning siyosiy barqarorligi, xavfsizligi va taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari tizimining kadrlar zaxirasi bilan ishlashda xodimning tajriba vorisiyligi, xizmatga amaliy moslashuvchanlik, kasbiy shakllanishning intensivlashuvi, shaxsiy javobgarlik hamda mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini davriy holatdan uzluksiz tizimga o‘tkazish barqaror professional kadrlar tarkibining shakllanishiga xizmat qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbekistonda siyosiy tizim transformatsiyasining davlat kadrlar siyosatiga ta’siri (Ichki ishlar organlari xodimlari misolida)” mavzusidagi ilmiy izlanishlar borasida ishlab chiqilgan amaliy takliflar va tadqiqot natijalari asosida:
siyosiy tizim transformatsiyasining ijobiy dinamikasi ichki ishlar organlari tizimida kadrlar siyosatining funksional va institutsional xususiyatlarini davr talabiga mos ravishda o‘zgarib borishi soha faoliyatini ma’muriy isloh etish, intensiv rivojlantirish, tashkiliy modernizatsiyalash, optimal shakllantirish mexanizmlariga bog‘liqligi borasida ilgari surilgan nazariy va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 10, 12, 13, 16 va 17-bandlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son Farmoni bilan jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida malakali kadrlarni tayyorlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, tizimli malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 29 avgustdagi 11/812-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar organlari xodimlarining 2025 yilgacha bo‘lgan davrda milliy va xalqaro huquq normalari asosida salohiyatini oshirish, kadrlar bilan ishlash tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga, modernizatsiya qilish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda siyosiy tizim institutlarining davlat kadrlar siyosati bilan o‘zaro ta’siri jarayonlari va uning siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy mas’uliyat tushunchalariga aloqadorligi yuzasidan bildirilgan amaliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining normativ-hujjatlar ekspertizasini yanada takomillashtirish, qonunchilik loyihalari tashabbusini ilgari surishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 13/01-145/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya Markaziy Kengashining samarali kadrlar siyosatini yuritish, partiyaning saylovoldi dasturidagi davlat organlari bilan tizimli asosda hamkorlik qilish, ularning joylardagi bo‘linmalari faoliyati ustidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan vazifalarini belgilash imkonini bergan;
ichki ishlar organlari xodimlarining professional kompetentligi va siyosiy mas’uliyatini baholashda fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga legitimlik (ishonch) darajasi, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini joriy etilgani va xodimlarning korrupsion xatti harakatlarga nisbatan murosasizlik mas’uliyatini shakllantirish kabi ustuvor mezonlar bilan belgilash borasidagi taklif va tavsiyalardan hamda jamiyatning siyosiy barqarorligi, xavfsizligi va taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari tizimining kadrlar zaxirasi bilan ishlashda xodimning tajriba vorisiyligi, xizmatga amaliy moslashuvchanlik, kasbiy shakllanishning intensivlashuvi, shaxsiy javobgarlik hamda mustaqil qaror qabul qilish salohiyatini davriy holatdan uzluksiz tizimga o‘tkazishga doir amaliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 2 avgustdagi 5/4/23-2173-son ma’lumotnomasi). Natijada, vazirlik tizimida kadrlar siyosatini samarali tashkil etishda xodimlarni tanlash, tayyorlash va lavozimlarga tayinlashda jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab chiqish hamda faoliyatini uzluksiz baholash va shaffof monitoring qilishga qaratilgan KPI baholash indikatorlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.