Abduxalimova Xanum Valentinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronar o‘zani shikastlanishining og‘irlik darajasini hajmli KT-koronarografiya bilan baholash» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1838.
Ilmiy rahbar: Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Doniyor Anvarovich tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xajmli kompyuter tomografiya tekshiruvining koronar arteriyalar ateroskleroz darajasini ektopik yog‘ depolarini xisobga olgan holda yurak ishemik kasalligining nur tashxisotidagi o‘rnini maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hajmli KT-koronarografiya bilan taqqoslaganda minimal darajadagi nurli yuklama bilan KT usulida kardial yog‘ deposini teng samaradorlik bilan aniqlangan;
yurak soxasi (epikardial, parakardial, parakoronar) ektopik yog‘ deposi ko‘rsatkichlarining koronar arteriyalar aterosklerozi og‘irlik darajasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
koronar ateroskleroz bo‘lgan shaxslarda ektopik yog‘ depolarining hajmli ko‘rsatkichlari bilan adipotsitokinlar konsentratsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
koronar arteriyalar aterosklerozining kechish og‘irligini baxoratlash uchun kardial, parakardial va abdominal yog‘ning(qalinligi, ko‘lami, hajmi) miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlashda KT ning axborotlilik mezoni isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali o‘rta otitlar eshituv nayi holatini baholashda mul`tispiral kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyaning o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali o‘rta otitlar eshituv nayi holatini baholashda mul`tispiral kompyuter tomografiyasini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Kompyuter tomografiyasidan foydalangan xolda koronar ateroskleroz og‘irlik darajasini aniqlashda kardial va abdominal yog‘ depolarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash samaradorligini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MSKT usuli yordamida abdominal va kardial sohalari ektopik yog‘ depolarining aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «MSKT usuli yordamida abdominal va kardial sohalari ektopik yog‘ depolarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 aprel` 15/10954-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar YuIK bilan og‘rigan bemorlarda nativ va kontrast KT yordamida ektopik yog‘ depolarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha metodologiyani kengaytirish imkonini bergan;
tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, «VITAMED medical» MChJ va «Fedorovich klinikasi» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 aprel` 15/10954-son ma’lumotnomasi). Kompyuter tomografiyasi yordamida kardial va abdominal yog‘ depolarini miqdoriy aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan protokollar bemorga nur ta’sirini kamaytirish bilan YuIK xavfini stratifikatsiya qilish uchun semirishni kompleks baholash imkonini bergan.