Abdullaeva Umida Bafoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali o‘rta otitlarda eshituv nayi holatini baholashda MSKT va MRTning o‘rni» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1214.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mul`tispiral kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiya tekshiruvlarining eshituv nayi anatomik va funksional holatini surunkali o‘rta otitlar tashxisotidagi o‘rnini nay disfunksiyasini aniqlashda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshituv nayining nog‘oradan oldingi diametri, bo‘yincha qismi kengligi va suyak qismi maydonlarini mul`tispiral kompyuter tomografiya natijalari asosida baholash eshituv nayini suyak qismi stenozini majmuaviy tashxislashda isbotlangan;
xolesteatomali surunkali o‘rta otitda eshituv nayi tog‘ay qismining disfunksiyasining baholashda mul`tispiral kompyuter tomografiya va Val`sal`va funksional sinamasi bilan eshituv nayni o‘rta uchdan bir qismi xarakatchaligi dinamik baholashda tartibi isbotlangan;
magnit rezonans tomografik tashxisoti natijasida surunkali o‘rta otitda eshituv nayi tog‘ayining o‘lchamlari, hajmi, signal tavsifi, tuzilishi va tog‘ay konturini baholashni o‘z ichiga olgan tog‘ay degeneratsiyasini tashxislash tartibida MRT-kesimlarining informativligi, T2FS, PDW rejimlaridagi ishonchligi asoslangan;
surunkali o‘rta otitda eshituv nayining tog‘ay qismi disfunksiyasini  dinamik magnit rezonanas tomografik tashxislashda Val`sal`va funksional sinamasidan foydalanish natijasida tog‘aylar orasidagi oraliq  masofaning o‘zgarishi samaradorligi isbotlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali o‘rta otitlar eshituv nayi holatini baholashda mul`tispiral kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyaning o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali o‘rta otitlar eshituv nayi holatini baholashda mul`tispiral kompyuter tomografiyasini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiiilgan «Surunkali o‘rta otitda eshituv nayining anatomik va funksional ko‘rsatkichlarini baholashda chakka suyaklarining mul`tispiral kompyuter tomografiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8-n/z520-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali o‘rta otitda eshituv nayining anatomik va funksional ko‘rsatkichlarini baholashda chakka suyaklarining mul`tispiral kompyuter tomografiyasi orqali kasallikni erta tashxislash va  bemorlarning eshitish qobiliyatini saqlash va tiklash orqali ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
surunkali o‘rta otitlar eshituv nayi holatini baholashda mul`tispiral kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyaning o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Bosh tibbiyot boshqarmasining 2-sonli markaziy maslahat-tashxisot poliklinikasi, shuningdek, 7-sonli shahar klinik shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 aprel 08-11564-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi surunkali o‘rta otit bilan xastalangan bemorlarda eshituv nayining anatomik va funksional ko‘rsatkichlarini baholashda chakka suyagining MSKT yordamida olingan natijalari diagnostika uchun iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish orqali ushbu usulning samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish