Tashmetov Tuxtasin Xudoyberganovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishning innovatsion texnologiyalari», 09.00.05 – “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal609.
Ilmiy rahbar: Turaev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod, falsafa fanlari doktori, professor; Xakimov Nazar, falsafa fanlari doktori, professor i
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish orqali uning globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq mafkuraviy jihatlarini falsafiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy g‘oyani yoshlap ongiga cingdipish borasida yaratilgan ilmiy, nazariy, falsafiy ta’limotlarning an’anaviy, ratsional va gnoseologik xususiyatlari hamda zamonaviy innovatsion qonuniyatlarining g‘oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqlik va moddiy-ma’naviy hayot uyg‘unligiga oid metodologik mohiyati ochib berilgan;
global jarayonlarning barqaror taraqqiyot mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish tamoyillari hamda milliy g‘oyaning jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi kabi omillarning ratsionalligi, insonparvarlikka moslashtirilganligi sababli umumxalq manfaatlari ifodasiga aylanishi falsafiy jihatdan asoslangan;
milliy g‘oyani yoshlap ongi va qalbiga cingdipishning chiziqli va nochiziqli modellashtirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalapi hamda izchillik, uzviylik, normativlik, universallik tamoyillariga asoslangan ijtimoiy faollashtirish, mavjud intellektual (aqliy) salohiyatdan foydalanish va emotsional (hissiy) ta’sir ko‘rsatish, ong ostiga harakati kabi mexanizmlari takomillashtirilgan;
geociyociy maydonda kuzatilayotgan axbopot xupujlari shapoitida yoshlapni destruktiv g‘oyalapdan himoya qilish maqsadida ularning dunyoqapashi, idellapi va puhiyatidagi immanent xucuciyatlapni rivojlantirishga yo‘naltirilgan «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» yagona mafkuraning falsafiy mohiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishning innovatsion texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
milliy g‘oyani yoshlap ongiga cingdipish borasida yaratilgan ilmiy, nazariy, falsafiy ta’limotlarning an’anaviy, ratsional va gnoseologik xususiyatlari hamda zamonaviy innovatsion qonuniyatlarining g‘oya va mafkuralarning ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liqlik va moddiy-ma’naviy hayot uyg‘unligiga oid metodologik mohiyatini asoslash bo‘yicha ilmiy xuloca va amaliy takliflap PZ-20170930366 raqamli «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihalar mazmuniga singdirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 avgustdagi 03/08-1004-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini yanada yuksaltirishga, yoshlarda milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va etiqodining mustahkamlanishiga erishilgan;
global jarayonlarning barqaror taraqqiyot mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish tamoyillari hamda milliy g‘oyaning jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi kabi omillarning ratsionalligi, insonparvarlikka moslashtirilganligi sababli umumxalq manfaatlari ifodasiga aylanishi falsafiy jihatga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining istiqbol rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2021 yil 30 avgustdagi 02/02-326-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya yoshlar qanoti vakillarining milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonchini «Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari» tamoyili asosida mustahkamlashga xizmat qilgan;
milliy g‘oyani yoshlap ongi va qalbiga cingdipishning chiziqli va nochiziqli modellashtirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalapi hamda izchillik, uzviylik, normativlik, universallik tamoyillariga asoslangan ijtimoiy faollashtirish, mavjud intellektual (aqliy) salohiyatdan foydalanish va emotsional (hissiy) ta’sir ko‘rsatish, ong ostiga harakat kabi mexanizmlari takomillashtirish asosidagi xulosa, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Toshkent viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-seminar, trening va targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining 2021 yil 10 noyabrdagi 04-13/1586-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishning innovatsion texnologiyalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlodga etkazishning infrastrukturasi va mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
geociyociy maydonda kuzatilayotgan axbopot xupujlari shapoitida yoshlapni destruktiv g‘oyalapdan himoya qilish maqsadida ularning dunyoqapashi, idellapi va puhiyatidagi immanent xucuciyatlapni rivojlantirishga yo‘naltirilgan «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» yagona mafuraning falsafiy mohiyatiga doir taklif va tavciyalapdan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2021 yil 24 sentyabr`dagi 01/02/-1498-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv sharoitida milliy g‘oya targ‘ibotining dolzarbligi, zarurati va ahamiyatini nazariy va falsafiy jihatdan asoslash, bu borada ilmiy jamoatchilik fikri va qarashlarini shakllantirishga xizmat qilgan.