Rahimova Muxlisa Xasanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boyitish fabrikalari chiqindi saqlagich to‘g‘onlari ustuvorligini marksheyderlik-geodezik innovatsion texnologiyalar asosida prognoz baholash», 04.00.09 – Marksheyderiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1077.
Ilmiy rahbar: Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosim ug‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T.98.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Nizametdinov Farit Kamalovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamajanov Madridbek Mamajanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «O’zGEORANGMETLITI» MChJ. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suyuq chiqindi omboridan foydalanishni xafvsizligini oshirish maqsadida ulardagi to‘suvchi to‘g‘onlar ustuvorligini marksheyderlik-geodezik monitoring negizida aprior prognozlash va global navigatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali marksheyderlik instrumental kuzatishlar olib borish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MBF suyuq chiqindi saqlovchi ombori to‘g‘onining muhandislik-geologik va muhandislik-texnologik omillarini hisobga olgan holda, tog‘simon rel`efli hudud va faol seysmik zonadagi holatini marksheyderlik instrumental kuzatishlarni olib borishning kompleks usullari ishlab chiqilgan;
global-navigatsion texnologiyalardan foydalanib suyuq chiqindi ombori to‘g‘onlari yonbag‘irlarining ustuvorlik holatini marksheyderlik- geodezik monitoringini olib borishning kompleks tizimi ishlab chiqilgan;
chekli unsurlar usulidan foydalanib yalpi muhit mexanikasi nazariyasi negizida suyuq chiqindi ombori to‘g‘onining eng baland qiyaligi kuchlanish-deformatsiyalanish holati (to‘g‘on balandligi 64 m, uning gorizontal qo‘yilmasi 360 m) aniqlangan;
suyuq chiqindi ombori to‘g‘oni tanasida sodir bo‘layotgan geomexanik jarayonlarning matematik modeli ishlab chiqilgan va uning negizida suyuq chiqindi ombori to‘g‘onining ustuvor chekli balandligi (72 m), hamda vertikal cho‘kishi aprior aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global-navigatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda marksheyderlik instrumental kuzatuvlarni o‘tkazish metodikasini takomillashtirish va suyuq chiqindi ombori to‘g‘onlaridan foydalanishda xavfsizlikni oshirish va ularning holatini prognoz qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyuq chiqindi ombori to‘g‘onlaridagi deformatsion jarayonlarni nazorat qilish bo‘yicha yuqori aniqlikdagi optik-elektron asboblar vositasida to‘g‘onlarning ustuvorlik holatini baholash uchun kuzatuv to‘xtamining loyihasi ishlab chiqilgan metodika Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Mis boyitish fabrikasining suyuq chiqindi omborida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 26 yanvardagi AS-0067-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘on tanasida sodir bo‘ladigan deformatsion jarayonlarni prognoz qilishning ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan metodika suyuq chiqindi ombori to‘g‘onlarining ustuvorlik holatini prognozlash bo‘yicha maxsus kuzatuvlar o‘tkazish va to‘g‘on tanasida sodir bo‘ladigan xavfli deformatsiyalarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish MBF marksheyderlik xizmati amaliyotida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 26 yanvardagi AS-0067-son ma’lumotnomasi). Natijada, suyuq chiqindi ombori to‘g‘onlaridan foydalanishda sanoat xavfsizligini innovatsion marksheyderlik ta’minlash va to‘g‘onning ustuvorlik holatini aprior prognozlash va baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish