Ruziev Jasur Asliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nafas yo‘llari yot jismlarida xirurgik yordamni takomillashtirish», 14.00.35-Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1107.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sataev Valeriy Uralovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon medisina universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davolash – diagnostika dasturini va bronxoskopiya amaliyotlarini optimallashtirish orqali nafas yo‘llarida yot jismlari bo‘lgan bolalarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nafas yo‘llari yot jismi bilan kasallanishning uchrash chastotasi va og‘irlik darajasi bolalar yoshiga nisbatan munosabati aniklangan;
nafas yo‘llaridagi yot jism ta’siri natijasida traxeobronxial daraxt devorlaridagi kataral, yiringli, fibrinoz va chandiqli o‘zgarishlarning videoendoskopik manzarasi aspiratsiya muddati va bemorning yoshiga kura aniqlangan;
nafas yo‘llaridagi yot jism aspiratsiyasida kelib chiqqan endobronxitning kechishi va tarqalishi bronxoalveolyar lavaj suyuqligidagi yumaloq yadroli mayda yassi xujayralar va makrofaglar kurinishidagi sitologik o‘zgarishlar natijasida asoslangan;
nafas yo‘llari yot jism bilan aspiratsiya bo‘lgan bolalarni davolash chora tadbirlari optik videobronxoskopiya amaliyotini qo‘llash orqali takroriy bronxologik sanatsiyalar, yot jismni bronxologik qisqichga ushlash va olib tashlashga bo‘lgan urinishlar sonini kamaytirish natijasida davolash tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Nafas olish yo‘llarida yot jismlari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nafas olish yo‘llarida yot jismlari bo‘lgan bemorlarni videoendoskopik usullarni ko‘llash natijasida erta tashxislash va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan "Pediatriyada traxeobronxial daraxtni tekshirishning videoendoskopik usullari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 8n-z/312-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma endoskopik suratini hisobga olgan holda, nafas yo‘llarining yot jismlarini davolash uchun taktikani tanlash va davolashni optimallashtirish imkonini bergan;
nafas olish yo‘llarida yot jismlar bor bemorlarni tashxislash va davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, SamDTI 2-klinikasi, torakal xirurgiya bo‘limiga, Samarqand, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 08-09/1581-sonli xulosasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi takomillashtirilgan videobronxoskopik usulni qo‘llash natijasi amaliyot davomiyligining qisqarishiga, davolashda takroriy bronxosokpiyalar sonining kamayishiga imkonini bergan va operatsiyadan keyingi erta davrda davolashning “yaxshi” natijalari 60,3% dan 92,3% gacha ko‘tarilishiga erishilgan.