Nurmuxamedov Fozil Adilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali dakriotsistit bilan kechuvchi burun va burun yon bo‘shliqlari surunkali kasalliklarining jarroxlik davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.04–Otorinlaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib.1038.
Ilmiy rahbar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Konstantin Grigor`evich Dobresov, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya), Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti. (Avstriya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali dakriotsistit bilan kechuvchi burun va burun yon bo‘shliqlari surunkali kasalliklarining jarroxlik davolash usullarini takomillashtirish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z yosh kanali va rinogen soxalarini 3D formatdagi MSKT si yordamida olingan anatomo-funksional o‘zgarishlar surunkali dakriotsistitning rivojlanishi va qaytalanishida xavf omillari ekanligi isbotlangan; 
SDS bilan kasallangan bemorlarda simultan EEDSR jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan usul samaradorligi tashqi DSR dan afzalligi bo‘yicha qolishmasligi isbotlangan;
SDS bilan kasallangan bemorlarda simultan EEDSR jarrohlik amaliyotidan sung jarohat yuzalari yopilib qolishini oldini olish maqsadida Spongostan gemostatik yostiqchani qullanishi samaradorligi isbotlangan;
SDS kasalligi burun va burun yon bushliqlari yallig‘lanishlari bilan birgalikda kechishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oftalmologiyada surunkali dakriotsistit bilan kechuvchi burun va burun yon bo‘shliqlari surunkali kasalliklarining jarroxlik davolash usullarini takomillashtirishni samaradorligini baxolashning ilmiy natijalari asosida:
ko‘z yosh kanali surunkali kasalliklari uchun taklif qilingan tekshirish usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Surunkali dakriotsistit bilan birga kechuvchi burun va burun yon bo‘shlig‘i surunkali kasalliklarini kompyuter tomografik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11-iyundagi 8n-r/475 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada taklif etilgan tekshirish usullari jarrohlik muolajasi va uning funksional natijalarining samaradorligini tanlash uchun ko‘z yoshi xaltachasini va burun bo‘shlig‘ini kompyuter tomografiyasini o‘rganish tahlili oftalmologiyada davolanish muddatini qisqartirishga va kasallikni qaytalanishi sonini kamaytirish imkonini bergan; 
davolashning endonazal endoskopik dakriotsistorinostomiyaning taklif etilayotgan modifikatsiyasi eng kam shikast etkazuvchi davo usuli hisoblanadi va surunkali dakriosistit tashxisli bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Burun ichi va ko‘z yosh xaltasida bir vaqtni o‘zida olib boriladigan jarroxlik amaliyotini klinik jixatlarini asoslash.” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11-iyundagi 8n-r/476 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomada burun bo‘shlig‘i, BYoB va ko‘z yosh chiqaruvchi yo‘llarda bir bosqichda bajariluvchi jarroxlik amallarini ya’ni endonazal endoskopik dakriotsistorinostomiyaning taklif etilayotgan modifikatsiyasi eng kam shikast etkazuvchi davo usuli hisoblanadi va surunkali dakriosistit tashxisli bemorlarni davolashning optimal klinik natijalariga erishishga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish