Babajanov Qudratbek Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kardiospazm va kardial axalaziyasi bo‘lgan bemorlarda pnevmatik dilatatsiyaning taktik va texnik yondashuvlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1279.
Ilmiy rahbar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.N. Sizganov nomidagi Milliy xirurgiya ilmiy markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmatik kardiodilatatsiyaning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish orqali kardiospazm va kardial axalaziyaning III-IV bosqichlari bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kardiospazm va axalaziyaning asosiy tipologik xususiyatlariga, shuningdek, kaminvaziv davolash usullarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash bilan kasallikning III-IV (o‘tkazib yuborilgan) bosqichlarigacha rivojlanish chastotasiga aniqlik kiritilgan;
kardiospazm va kardial axalaziyaning turli bosqichlarida har xil usulda kardiodilatatsiya o‘tkazishning qoniqarsiz natijalarining asosiy prediktorlari aniqlangan;
kardiospazm va kardial axalaziyaning zo‘rayishi fonida qizilo‘ngachning muhim anatomo-topografik o‘zgarishlari, shuningdek, kasallikning IV bosqichida kardial qism orqali kardiodilatator o‘tkazish imkonsizligining asosiy texnik sabablari aniqlangan;
dilatatorni o‘tkazishning turli bosqichlarida asbobning qattiqlik darajasini o‘zgartirishga imkon beruvchi pnevmatik kardiodilatator modeli takomillashtirilgan;
qizilo‘ngachning asosiy tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasallikning III-IV bosqichi bilan kasallangan bemorlarda pnevmatik dilatator o‘tkazishning original usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kardiospazm va kardial axalaziya mavjud bemorlarni kam invaziv va xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pnevmatik kardiodilatatsiyaning original «Kardiospazm va kardial axalaziyaning IV darajasini davolash usuli» ishlab chiqilgan (Ixtiro uchun patent IAP 06163, 24.03.2018). Taklif etilgan usul qo‘llanilganda biror bir asoratlar kuzatilmagan, iqtisodiy samaradorlik esa qizilo‘ngachda murakkab, qimmatbaxo rekostruktiv-tiklovchi tashrixlarga ehtiyoji bor bemorlar sonini kamayishida, tezkor reabilitatsiya hisobiga bemorlarning statsionarda davolanish muddatlarining qisqarishida namoyon bo‘lgan;
kardiospazm va kardial axalaziyaning III-IV bosqichi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kardiospazm va kardial axalaziyaning III-IV bosqichi bilan kasallangan bemorlarni davolashda pnevmatik dilatatsiya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 maydagi 08-13135-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar mavjud kardiodilatatorlarning konstruktiv kamchiliklarini bartaraf etishga, shuningdek, kasallikning IV bosqichida qizilo‘ngachda rivojlanuvchi patologik xususiyatlar sharoitida ishchi yuzasining qattiqligi o‘zgaruvchan bo‘lgan dilatatorni o‘tkazishning yangi usulini qo‘llashga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi bo‘limiga, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limiga, Urganch tumani tibbiyot birlashmasiga, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 maydagi 08-13135-son ma’lumotnomasi). Kardial axalaziyaning III-IV bosqichlarida kardiodilatatsiyaning original usulini va pnevmatik kardiodilatatorning takomillashtirilgan modelini joriy etish, qoniqarsiz natijalarni 50%dan 20,8%gacha ishonchli tarzda kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish